Joriy yilda mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, dilerlar, yurtimiz va xalqaro savdo belgilari vakillari uchun mahsulotlarini vositachilarsiz sotish imkonini beruvchi “ZoodMall” elektron onlayn-maydonchasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati va Shveysariyaning “Zoodel” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha mahalliy va xorijiy korxonalarga o‘z mahsulotlarini ular uchun eng qulay usullarda eksport qilish imkonini beruvchi yangi texnik yechimlar joriy etishni ko‘zda tutadi. Xususan, ularga o‘z mahsulotlarini maxsus mobil ilovalar orqali “ZoodMall” saytiga joylashtirib, “eBay”, “AliExpress”, “Lazada” yoki “Cdiscount” singari xalqaro B2C-savdo maydonchalarida ommalashtirish imkoniyati taqdim etiladi.

“Zoodel” kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori S.Muhamedaliyevning fikricha, “ZoodMall” mobil ilovasi mahalliy tadbirkorlarga xalqaro bozorda onlayn-savdo yuritish imkonini beradi. Demak, dunyo bo‘yicha 300 milliondan ortiq salohiyatli xaridor O‘zbekistonning yuqori sifatli mahsulotlari bilan tanishadi. Ayni paytda yurtimiz iste’molchilariga arzon narxlarda keng turdagi tovarlar taklif etiladi va “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib beriladi. Hozirgi kunda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati va “Zoodel” kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolangan. Unga muvofiq, mahalliy biznesning xalqaro elektron savdo maydonchalariga chiqishi va ko‘p tomonlama savdo hajmini ko‘paytirish maqsadida uning raqobatbardoshligini oshirish mexanizmi yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi imkoniyat: 300 milliondan ortiq xaridor O‘zbekiston mahsulotlari bilan tanishadi