O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

WhatsApp yangi funksiyani ishga tushirmoqda

WhatsApp yangi funksiyani ishga tushirmoqda

WhatsAppning iOS uchun beta-versiyasida QR-kodlarini aniqlash funksiyasi paydo boʻldi, deb yozadi Wabetainfo portali. Keyinroq uni Android qurilmalariga ham oʻrnatsa boʻladi.

Mazkur portalning maʼlumotida keltirilishicha, messenjer foydalanuvchilari telefon raqami shifrlanadigan shaxsiy kodlarini boshqalar bilan baham koʻrsa boʻladi. Bunday kombinatsiyani olishda uni smartfon kamerasi yordamida skanerlab olish kifoya. Bu esa suhbatdoshni tezkorlik bilan aloqa roʻyxatiga kiritish imkonini beradi.

Agar shifrlangan maʼlumot adashib boshqa odamga joʻnatib yuborilsa QR-kodni oʻchirib yuborish va yangisini yozish mumkin, deyiladi xabarda.

5 748
OʻzA