O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Media-xoll» majmuasida Uzmobile milliy operatori faoliyati va kelgusi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari, Uzmobile milliy operatori vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uning mustahkam infratuzilmasini yaratish va keng joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining qamrov hududlarini kengaytirishga oid vazifalar belgilab berilgan. Shu maqsadda aholiga sifatli aloqa xizmatlari taqdim etish uchun joriy yilda 1 ming 500 bazaviy stansiya o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.

Uzmobile milliy operatori GSM tarmog‘i 2015-yil 15-aprelda Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida faoliyatini boshlagan. O‘tgan davrda hududlarda 3 ming 60 bazaviy stansiya o‘rnatilgan.

– «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida Uzmobile milliy operatori abonentlariga internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali (gov.uz) hamda davlat organlarining saytlaridan imtiyozli foydalanish, ya’ni bepul trafik asosida kirish imkoniyati yaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining axborot xizmati xodimi Sh.Sattorov. – Ochiq ma’lumotlar (data.gov.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish (regulation.gov.uz) portallaridan foydalanish ham shu tartibda amalga oshiriladi. Masalan, “Xalq bilan muloqot” xizmatining ishga tushirilishi abonentlarga saksondan ortiq davlat idorasi veb-saytlariga trafik sarf qilmasdan kirish imkonini bermoqda.

Tadbirda Uzmobile milliy operatorining kelgusi rejalari, telekommunikatsiya xizmatlari bozorida zamonaviy, raqobatbardosh xizmat turlarini joriy etish, innovatsion loyihalar, aksiyalar o‘tkazish va maxsus bonuslar takliflarini ishlab chiqish chora-tadbirlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzmobile: yangi xizmat turlari ko‘paymoqda