Poytaxtimizda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan brifingda mazkur qulaylik to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda Uzmobile milliy operatori abonentlariga internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali (gov.uz), shuningdek, davlat organlarining saytlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari U.A’lamov, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Habibullayev, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Sh.Qodirov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini samarali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Joriy yil aholi turmush tarzi qulay bo‘lishiga xizmat qiladigan ellikdan ziyod davlat xizmatlari interaktiv shaklga o‘tkazilishi belgilangan. Tadbirkorlar uchun eksport-importga ruxsat beruvchi jarayonlar elektronlashtiriladi. Internetga ulanish sifati va tezligini yanada yaxshilash, davlat idoralari xizmatchilari va aholining komputer savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, jamoatchilik tomonidan ko‘tarilayotgan masala va murojaatlarni iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va huquqiy tahlillar asosida hal etilishini ta’minlab, «elektron hukumat» tizimini yangi bosqichga ko‘tardi. O‘tgan davr mobaynida 600 mingga yaqin murojaat kelib tushgani portalga bo‘lgan ishonchning tobora ortib borayotganidan dalolat bermoqda.

308 turdagi interaktiv xizmat joriy qilingan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali davlat idoralariga murojaat qilishning ommabop resursiga aylandi. 2 ming 400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, ularning tizimidagi muassasalarga murojaat qilish imkonini berayotgan mazkur elektron resurs orqali davlat idoralariga murojaat qilganlar bir milliondan oshdi.

Bepul internet kommunal xizmatlar (e-kommunal.uz), ochiq ma’lumotlar (data.gov.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish (regulation.gov.uz) portallariga nisbatan ham tatbiq etilishi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, davlat idoralari interaktiv xizmatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uzmobile milliy operatori abonentlariga davlat organlari saytlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi