O‘zA O`zbek

23.05.2019 Chop etish versiyasi

Uchuvchisiz samolyotlar mahsulot tarqatadi

Uchuvchisiz samolyotlar mahsulot tarqatadi

“Google” kompaniyasi tomonidan uchuvchi ishtirokisiz havo tijorat tizimi ishlab chiqildi. 

Tizimning ilk faoliyati Avstraliya poytaxti Kanberrada yo‘lga qo‘yiladi. 

“The Guardian” nashrida xabar qilinishicha, ushbu xizmat tizimiga ko‘ra, uchuvchisiz samolyotlar onlayn tarzda xarid qilingan mahsulotlarni savdo markazidan xaridor manziliga yetkazib beradi.

Tizimdagi uchuvchisiz samolyotlar harakati 18 oy davomida sinovdan o‘tkazilib, ularning shahar bo‘ylab harakatlanishi Avstraliya fuqarolik aviatsiyasi tomonidan ma’qullangan.

“Project Wing” deb nom olgan ushbu tizimga hozirda shahardagi 100 ta xonadon a’zolikka kiritilgan bo‘lib, yaqin kunlarda tizimning xizmat doirasi kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Avstraliya fuqarolik aviatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar bo‘ylab uchuvchisiz samolyotlarning harakati turar-joy binolari, ko‘chmas mulk va odamlar uchun hech qanday xavf paydo qilmaydi.

13 524
Z.Mirzaboeva, O‘zA