O‘zA O`zbek

16.04.2020 Chop etish versiyasi

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari “aqlli niqob”ni ixtiro qildi

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari “aqlli niqob”ni ixtiro qildi

Bu niqob sezish funksiyasi orqali avtomatik tarzda inson haroratni oʻlchash, yoʻtalish va nafas qisilishi kabi barcha maʼlumotlarni maxsus ilova orqali smartfonga yuboradi.

Mualliflar universitetning Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti, 4-kurs talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonovadir.

Talabalarning fikriga koʻra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa boʻladi. U insonning tana haroratiga, yoʻtalish, aks urish va nafas olishda boʻlayotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan boʻlib uning yordamida niqobga oʻrnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan koʻrsatkichlarni smartfonga yuboradilar. Ilova ushbu maʼlumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif boʻlsa, dastur aniqlik kiritadi.

COVID-19ning oʻziga xos belgilari mavjud boʻlib, u boshqa oʻtkir yuqumli kassaliklardan ajralib turadi: yuqori isitma, quruq yoʻtal, nafas qisilishi kabi. Sensorlar tufayli niqob bu maʼlumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 boʻlsa, u tez-tez yoʻtalsa va uzoq vaqt nafas ololmasa dastur niqob egasi COVID-19dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi. Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirishni rejalashtirmoqdamiz. Tegishli alomatlari boʻlgan odamlarga tez yordam berish oson boʻladi”, — dedi gʻoya muallifi Aziza Abdurakhmonova.

Loyiha muallifi Doston Mardiyevning taʼkidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan oʻtkazilmoqda.

18 633
OʻzA