Joriy yil 20-21-sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz" MKM pavilyonlarida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda «Central Asia Robot Challenge» (CARC) robototexnika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Joriy yil 20-21-sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz" MKM pavilyonlarida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda «Central Asia Robot Challenge» (CARC) robototexnika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. «ICTWEEK Uzbekistan – 2017» AKT haftaligi doirasida o‘tkaziladigan musobaqa yurtimiz sport robototexnikasi sohasidagi muhim hodisalardan biri bo‘lishi shubhasiz.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Texnologiyalar taraqqiyotining zamonaviy darajasi nafaqat oddiy va bir xil jarayonlar, balki ijodiy faoliyatni ham avtomatlashtirish va robotlashtirish imkonini beradi. Robotlar va internet-botlarning yangi modellari savollarga javob berish, mazmunli suhbat qurish, she’r va hikoyalar yozishga qodir. Bularning barchasi butun dunyo bo‘ylab minglab muxlislariga ega sport robototexnikasining mustaqil turi sifatida shakllanishiga xizmat qildi. Bugungi kunda uning ixlosmandlari jahon bo‘ylab minglab topiladi. O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan ko‘p bosqichli ta’lim tizimi ham amaliy, ham sport robototexnikasini o‘rganish va unda o‘z salohiyatini sinab ko‘rish imkonini beradi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan tashrif buyuradigan robototexnika ixlosmandlari ikki yosh toifasi – 10 yoshdan 14 yoshgacha hamda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Ular "short-trek", "chiziqlar bo‘ylab poyga" hamda "robo-sumo" singari uch yo‘nalishda bahslashadi.

Turnir sport va ta’lim robototexnikasi, ilmiy-texnik ijodning yanada ommalashishi hamda yoshlar orasida muhandislik kasbi nufuzining ortishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda robototexnika bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi