O‘zA O`zbek

21.02.2020 Chop etish versiyasi

Tojikistonda mobil internet sifati yomonlashmoqda

Tojikistonda mobil internet sifati yomonlashmoqda

“Speed-test Globalindex” tashkilotining 2020 yilgi internet tezligi global indeksida mamlakat 132 o‘rindan 133 o‘ringa tushdi. Reytingda hammasi bo‘lib 140 davlat keltirilgan.

Ulanish tezligi faqat Iroq, Afg‘oniston, Venesuelada yomon. Tojikistonda mobil internet dunyodagi eng sekin ishlaydiganlar xilidan, ayni paytda uning narxi ham salkam eng yuqori, bir gigabayti uchun deyarli 5 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. 

Xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonda mobil internet taraqqiyoti kuzatilmayotgani bir necha sabablarga borib taqaladi:

– Raqobat yo‘q. Mana besh yildirki barcha kompaniyalar trafikni davlat provayderidan belgilangan qiymatda sotib oladi.

– Boshqa sababi – shu yillar mobaynida rasmiylar tomonidan aloqa operatorlariga solingan katta jarimalar.

– Yana aloqa uchun qo‘shimcha soliqlar – qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksiz, litsenziya yig‘imlari, pul aylanmasidan soliq. Bu qadar og‘ir soliq yuki bilan kompaniyalar shunchaki rivojlana olmaydi.

Mamlakat aloqa xizmatidagilar ulanish yomonligining boshqa sabablarini keltirishadi. Hukumat aloqa yaqin vaqtlarda yaxshilanishiga va’da bermoqda.

Xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, o‘n yil ilgari mobil xizmatlar taraqqiyoti darajasi bo‘yicha Tojikiston Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallagan. Ammo so‘nggi yillarda mamlakat yetakchilik mavqeini boy berdi.

30 279
O‘zA