Jizzax viloyatida axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, sohani malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti sohada malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ham oshirmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Akmal Savurboyev. – Prezidentimizning 2017 yil 15 martdagi "Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohani yanada rivojlantirish uchun yosh mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Urganch, Nukus filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Universitetning Samarqand filiali qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazining Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan tayanch o‘quv kursida har yili viloyatdagi korxona va tashkilotlarning 100 dan ortiq xodimi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Internetdan foydalanish” va “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishlarida malaka oshirmoqda.

Axborot-texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan har yili universitetning 3-bosqich talabalari tomonidan viloyatda aholini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetda ishlashga o‘rgatish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

– Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim olayotgan bo‘lajak mutaxassislarning aksariyati o‘quv amaliyoti davridayoq o‘ziga munosib ish o‘rni topadi, – deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilshod Bolibekov. – Yosh mutaxassislar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularga o‘z salohiyatini keng namoyon etishiga imkoniyat yaratmoqda. Bu viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga xizmat qilayotir.

Viloyatda “Elektron hukumat” tizimi keng joriy etilgan. Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari ishlab turibdi. 2017 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, viloyat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha baholash tizimida 79,11 foiz ko‘rsatkich bilan mamlakatda 4-, davlat organlarining ochiqlik indeksida 3-o‘rinni egalladi.

Viloyat hokimligining yangi ko‘rinishdagi rasmiy veb-sayti www.jizzax.uz ishga tushirilib, aholi va tadbirkorlarga 16 bazaviy hamda 16 qo‘shimcha interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Mazkur veb-sayt orqali 13 turdagi davlat xizmatlari, 18 turdagi ma’lumot tariqasida xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Viloyat, tuman va shahar hokimliklarining qariyb 300 xodimi elektron raqamli imzo kaliti bilan ta’minlandi. Viloyat hokimining virtual qabulxonasi yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portaliga Jizzax viloyati hokimligi tomonidan 165 turdagi ma’lumotlar to‘plami joylashtirildi. Viloyat ochiq ma’lumotlar portaliga 15 yo‘nalishdagi ma’lumotlar to‘plami kiritildi.

O‘tgan yili 19-23 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “ICTWEEK Uzbekistan 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida “Ochiq davlat ma’lumotlari” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyati hokimligi 108 vazirlik va idora o‘rtasida uchinchi o‘rinni egalladi. Yosh mutaxassislar faolligi bilan internet tarmog‘ida turli yo‘nalishdagi zamonaviy, mahalliy veb-resurslarni yaratish izchil davom etayotir. Bugungi kunda UZ domenida viloyatdagi 100 ga yaqin korxona va tashkilotning veb-sayti faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini bitirib kelgan yoshlar viloyatda dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda ular tomonidan tashkil etilgan dasturiy mahsulotlar 10 dan ziyod biznes sub’ektida joriy qilingan.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholiga yuqori sifatli internet xizmatlari ko‘rsatuvchi keng polosali qurilmalarni, optik tolali aloqa liniyalarini ishga tushirishda faoliyat ko‘rsatayotgan malakali mutaxassislarning asosiy qismi ushbu universitet bitiruvchilaridir.

Universitetni 2008 yili tamomlagan Sardor Nosirov “O‘zbektelekom Interneyshnl” qo‘shma korxonasi “O‘zI-Jizzax” filialida turli lavozimlarda samarali faoliyat ko‘rsatgach, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Smart vision” qo‘shma korxonasi direktori vazifasida ishlamoqda. Hozir u rahbarlik qilayotgan korxonada zamonaviy videotelefonlar ishlab chiqarilayotir. 26 yoshli Adham Abdullayev “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Jizzax filialining tijorat ishlari bo‘yicha direktori, uning tengdoshi O‘ktam Savurboyev “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zMobayl” filiali Jizzax viloyati hududiy bog‘lamasi bosh muhandisi lavozimida ishlamoqda.

Prezidentimizning yuqorida nomi keltirilgan qarorida nazarda tutilgan barcha tadbirlar mamlakatimizda iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyotini ta’minlash, ilm-fan va kadrlar tayyorlash ahamiyatini yuksaltirish borasida qilinayotgan tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, Harakatlar strategiyasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor taraqqiyot bilan hamqadam