O‘zA O`zbek

29.01.2020 Chop etish versiyasi

Suzuvchi AESni bilasizmi?

Suzuvchi AESni bilasizmi?

Suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi – “Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi konsern loyihasi Chaun-Bilibinsk energiya markazi (Chukotka avtonom okrugi)ning ajralgan tarmogʻiga 2019-yil 19-dekabrda ulangan paytdan boshlab dastlabki 10 million kVt/s elektr energiya berdi.

Kelgusida suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi Chukotkadagi elektr energiyaga boʻlgan oshib borayotgan ehtiyojini toʻla hajmda taʼminlab, nafaqat Pevek shahri, balki butun mintaqa uchun ishonchli elektr manbasiga aylanadi.

“Konsern Rosenergoatom” AJ ning “Suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyalarini barpo etish va ulardan foydalanish direksiyasi” filiali rahbari Vitaliy Trutnevning maʼlumotiga koʻra, kelajakda suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi Chukotkadagi oltin, mis va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Bundan tashqari, suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi Shimoliy dengiz yoʻli infratuzilmasining tayanch elementlaridan biriga aylanadi. Obyektni sanoat ekspluatatsiyasi uchun berish 2020-yildagi muhim vazifadir.

Suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasi texnologik eskirgan “Bilibinsk AES” va Chaunsk koʻmir issiqlik elektr stansiyasining quvvatlarining oʻrnini bosadi. Suzuvchi AES foydalanishga topshirilgandan soʻng dunyodagi eng shimoliy atom stansiyasiga aylanadi. Suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasini Pevek shahriga joylashtirish Chuonsk munitsipal tumani va umuman Chukotkani ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, u Shimoliy dengiz yoʻlini rivojlantirish va muzyorarlarni yil boʻyi muzlardan olib oʻtilishini taʼminlash dasturi doirasida infratuzilmaning muhim elementlaridan biri boʻladi. U tashqi xavflarga nisbatan pishiq qilib ishlangan. Stansiya 70 MVt gacha elektr energiyasi va 50 Gkal/s issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan KLT-40S muzyorar tipidagi ikkita reaktor qurilmalar bilan jihozlangan. Bu qariyb 100 ming nafar aholi istiqomat qiladigan shaharni energiya bilan taʼminlash uchun yetarlidir.

Hozirgi paytda “Rosatom” davlat korporatsiyasi suzuvchi atom issiqlik elektr stansiyasining ikkinchi avlodi – optimallashgan suzuvchi energoblok (OFPU) ni yaratish ustida ish olib bormoqda. U oldingisidan kichikroq va kuchliroq boʻladi. Uni umumiy quvvati 100MVt ga teng RITM-200M reaktor tipidagi ikkita reaktor bilan jihozlash koʻzda tutilmoqda.

25 478
OʻzA