O‘zA O`zbek

27.10.2019 Chop etish versiyasi

Qachongacha tayyor dasturlar va texnologiyalarni chet eldan sotib olamiz?

Qachongacha tayyor dasturlar va texnologiyalarni chet eldan sotib olamiz?

Innovatsiyalar bugun davlatning jahon miqyosidagi mavqeini belgilab, har bir mamlakatning innovatsion rivojlanish darajasini baholash uchun mavjud resurslari, shuningdek, yaratilgan innovatsiyalari natijalari global innovatsion indeksni hisoblashda inobatga olinadi.

2014-yilda indeks dunyoning 143 mamlakatida hisoblab chiqilgan.Shveysariya, Buyuk Britaniya va Shvetsiya yetakchi oʻrinlarni egalladi. Oʻzbekiston mazkur reytingning pogʻonalarida yoʻq. Ammo innovatsiyalarni rivojlantirish boʻyicha keyingi yillardagi muhim islohotlarning amalga oshirilishi yanada kuchaytirilsa, mamlakatimiz ushbu reytingdan albatta oʻrin oladi degan umiddamiz.

Bugungi kunda yurtimizda amaliy rivojlanish sektorining rivojlanish darajasi pastligi ilgʻor texnologiyalarni tijoratlashtirish boʻyicha innovatsion infratuzilma yetarli darajada rivojlanmayotganligini koʻrsatmoqda.

Hali-hanuz davlat idoralaridagi sansalorchilik, byurokratiyaga toʻliq barham berilmaganligi sabab, aholi Prezident portaliga, Bosh Prokuratura va Adliya vazirligining Ishonch telefonlariga murojaat qilib, tuman kesimlarida hal etilishi kerak boʻlgan kichik muammolar bilan murojaat qilishmoqda.

Oʻz navbatida Respublika idoralarida mehnat qilayotgan yuqori salohiyatli kadrlarning ishonch telefonlari yoki murojaatlar bilan ishlashi qimmatli vaqtlarini yoʻqotib, ularning ishchanlik salohiyatiga taʼsir etishiga eʼtibor qaratishimiz kerak. Oʻzbekistonda innovatsion rivojlanish muammolari bilan shugʻullanadigan mutaxassislarning kamchilikni tashkil etishi,ilmiy-innovatsion tizimdagi katta boʻshliq borligi koʻrsatadi, buning asosiy sababi esa intellektual mulk bozori yoʻqligi bilan izohlanadi.

Davlat organlarida boshqaruvni optimallashtirishdan tortib, nazorat, tizimlarda inson omilini kamaytirish, masofadan turib, murojaat yoʻllash turli toʻlovlarni amalga oshirish uchun barcha bosqichlarni qamrab oladigan Innovatsion texnologiyalarni yaratish muammosiga yechim izlash, bugungi kunda har qanday davlat tashkiloti oldida turgan ustuvor vazifa sanaladi.

Fanni byudjetdan moliyalashtirilishi sanoatni rivojlantirish uchun javobgar boʻlmagan vazirliklar va idoralar boʻyicha taqsimlash, ilmiy-tadqiqot va moliyalashtirish oʻsishi bilan ulardan olingan natijalar iqtisodiyotning real sektori uchun qiziq emasligiga olib keladi.Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mamlakatda innovatsion siyosatni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish uchun yetakchi tuzilma hisoblangan ishini inobatga olsak, ilmiy tadqiqotlar uchun davlat buyurtmasini shakllantirishi kerak.

Hozirgi vaqtda innovatsion infratuzilmani tashkil etuvchi tashkilotlar va kompaniyalarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi ortidan moʻtadil innovatsion muhit shakllantirilib, uning asosiy vazifasi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va maʼlumotlarni uzatishni taʼminlovchi davlat-xususiy tarmoq aloqalarini moderatsiyalashni rivojlantirish, Davlat tomonidan yaratilgan va qoʻllab-quvvatlanadigan loyihalarni birinchi navbatda davlat, biznes va jamiyat manfaatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgani ahamiyatlidir.

Innovatsion iqtisodiyot davlatning faol innovatsion siyosatisiz mustaqil ravishda vujudga kelishi mumkin emasligini bugun hammamiz yaxshi anglaymiz.

Shubhasiz, birmuncha vaqtgacha davlat innovatsion talabni rivojlantirish tashabbuskori boʻlib qoladi va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun byudjet mablagʻlarini ajratish kabi vositaga ega boʻladi.

Biroq, fikrimizcha, byudjet mablagʻlari hisobiga faqat loyihalarning boshlanishini taʼminlash maqsadga muvofiqdir.

Davlat tashkilotlari oʻz resurslarini asosan import dasturlari va uskunalarini sotib olishga yoʻnaltirishi, Oʻzbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirishga jiddiy toʻsiq hisoblanishini bilishimiz kerak.

Bugungi kunda innovatsiyalardan faol foydalanayotgan vazirlik va idoralar ham yoʻq emas. Masalan, Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi, Fuqarolar va Tadbirkorlar murojaatlariga oʻz vaqtida javob berayotgan ularning muammolariga yechim boʻlayotgan Respublikadagi yagona tashkilotdir. Davlat soliq qoʻmitasining soliqqa oid toʻlovlarni, hisobotlarni elektronlashtirgani, Banklar xizmatlari internet orqali taqdim etilayotgani, Statistika va mehnat munosabatlaring onlayn hisobotlar qabul qilinayotgani, shuningdek, xususiy sektordagi “Payme” va “Click” tijoriy dasturlari yaratilib, kommunal toʻlovlar, jarimalar, kredit va soliqlarni masofadan turib toʻlash imkoniyatlari yaratilgan.

1 686
Shuhrat Neʼmatov, OʻzA