O‘zA O`zbek

14.06.2019 Chop etish versiyasi

Oyga ikkinchi ekspeditsiya jo‘natiladi

Oyga ikkinchi ekspeditsiya jo‘natiladi

Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkilotidan ma’lum qilinishicha, 15 iyunda Hindiston oyga o‘z missiyasini jo‘natadi. 

“Jagran” axborot agentligi xabarida aytilishicha, “Chandrayan-2” missiyasi tashkilot tarixidagi oyga uyushtirilgan ikkinchi ekspeditsiya bo‘ladi. Unda Hindistonning o‘z “yuk”laridan tashqari raketa 13 ta yo‘ldoshni, jumladan NASAning oyga jo‘natuvchi asbob-uskunalarini ham olib chiqadi.

12 620
O‘zA