O‘zA O`zbek

11.06.2019 Chop etish versiyasi

Oyda katta miqdorda metall zaxirasi aniqlandi

Oyda katta miqdorda metall zaxirasi aniqlandi

Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyasini aniqladi, mazkur kashfiyot Yer tabiiy yo‘ldoshi ichki qobig‘ida o‘ta og‘ir temirdan iborat ulkan asteroid qoldiqlari mavjudligiga ishoradir, deyiladi “Live Science” xabarida.

Qayd etilishicha, Oyning janubiy qutbidagi Eytken krateri (Quyosh tizimida hajmi bo‘yicha eng katta krater hisoblanib, Oyning teskari tomonida joylashgan) sathida katta miqdorda metall zaxirasi “yashirinib yotibdi”. Taxminlarga ko‘ra, o‘ta og‘ir temirdan iborat asteroid bundan 4 milliard yil oldin Oyning shu hududiga kelib urilgan. 

“Tasavvur qiling, krater qa’rida Gavayi orollaridan 5 marta katta bo‘lgan metall zaxirasi yashirinib yotibdi. Biz ana shu topilmaga tasodifan duch keldik”, degan tadqiqot bosh muallifi, Beylor (AQSh) sayyora geofizikasi universiteti katta o‘qituvchisi Piter Jeyms. Uning so‘zlariga ko‘ra “anomal topilma” og‘irligi 2,4 septillion tonnaga teng bo‘lishi mumkin. 

Jeyms va uning hamkasblari 2011 yilda NASA sun’iy yo‘ldoshlari yordamida olingan ma’lumotlar asosida “anomal topilma”ni kashf qilgan. 

17 220
O‘zA