O‘zA O`zbek

12.02.2020 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda Kiberxavfsizlik to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda Kiberxavfsizlik to‘g‘risida qonun ishlab chiqiladi

2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Hujjatga asosan xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida:

2020 yil 1 sentabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, shu jumladan 2020–2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi;

2020 yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021–2023 yillarga saylanish uchun O‘zbekiston nomzodi ilgari suriladi;

2020 yil 20 sentabrda Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Ikkinchi Osiyo forumi o‘tkaziladi;

2020 yilda “Do‘stlik haftaligi” va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivali o‘tkaziladi.

19 345
O‘zA