Kun sayin o‘zgarib, jadal rivojlanib borayotgan televideniye sohasiga bugungi kunda tasvir va ovoz sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimizda bu yo‘nalishda zamonaviy raqamli texnologiyalar keng miqyosda joriy qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyulda qabul qilingan “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha viloyatlarida yer usti analog teleeshittirishlarni efirga uzatish belgilangan jadval asosida bekor qilinadi. Birinchi navbatda, eski shaklda signal uzatish dastlab Toshkent shahrida, 2018-yilning 5-dekabriga qadar esa yurtimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich to‘xtatiladi.

Raqamli formatning afzalligi shundaki, bunda stereotovush va tovush 5.1 formatda uzatiladi. Televizorga beshta oddiy va bitta past chastotali kolonka ulaniladigan bo‘lsa, uy kinoteatri sifatiga erishish mumkin bo‘ladi. Ayni paytda ikkita milliy telekanal ko‘rsatuvlarni HD formatida efirga uzatmoqda. Boshqa telekanallar ham sifatli HD formatiga bosqichma-bosqich o‘tadi.

Mamlakatimizda barcha aholi punktlarini raqamli televideniye bilan qamrab olishni ta’minlash maqsadida 90 quvvatli va 404 kamquvvatli uzatish qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldosh aloqa operatorining ma’lum segmentini ijaraga olish hisobidan mahalliy aholining raqamli televideniye xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyati yaratiladi, davlat teleradio dasturlari olis aholi punktlariga ham yetkaziladi.

Raqamli televideniyeni ko‘rishni istagan oddiy tomoshabin o‘z televizorining DVB-T2 standartiga mos kelishini tekshirib ko‘rishi lozim. Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan aksariyat zamonaviy televizorlar mazkur standartdagi raqamli tyuner bilan jihozlangan. Yurtimizda nafaqat raqamli signalni qabul qiladigan, balki Smart-TV va IP-TV texnologiyalariga ham mos keladigan zamonaviy televizorlar ishlab chiqarilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston raqamli televideniyega o‘tmoqda