O‘zA O`zbek

16.01.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida yuqori pogʻonaga koʻtarildi

Oʻzbekiston mobil internet tezligi reytingida yuqori pogʻonaga koʻtarildi

Irlandiyaning “Ookla” kompaniyasi "Speedtest.net“ servis xizmati tomonidan tuzilgan ”Speedtest Global Index" oylik reytingini chop etdi. Unda 2019-yil yakunlari boʻyicha dunyo miqyosidagi mobil va simli internet tezligiga oid maʼlumotlar keltirilgan.

Yangi reytingda Oʻzbekiston belgilangan va mobil internet tezligining oʻsish koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori pogʻonaga koʻtarilgan.

Masalan, mamlakatimizda simli internetning oʻrtacha tezligi yil davomida sekundiga 12,38 Megabitga oʻsib, sekundiga 22,49 Megabitni tashkil etgan. Oʻzbekiston bir pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 177 mamlakat ichida 108-chi oʻrinni egallagan.

Mamlakatimiz, shuningdek, mobil internet tezligi boʻyicha ham ikki pozitsiya yuqoriga koʻtarilib, 134-chi oʻrinni egalladi.

"Speedtest.net" xizmati ushbu reytingni oʻzlarining ulanish tezligini tekshirib koʻrish maqsadida ushbu xizmatdan foydalanadigan foydalanuvchilardan olingan maʼlumotlar asosida tuzadi.

23 188
Roman BONDARCHUK, OʻzA