O‘zA O`zbek

21.02.2020 Chop etish versiyasi

Nima uchun jismoniy shaxslar ​IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazishga 44,600 so‘m to‘laydi​ yoxud “mag‘zava bilan bolani to‘kib yubormang"​

Nima uchun jismoniy shaxslar ​IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazishga 44,600 so‘m to‘laydi​ yoxud “mag‘zava bilan bolani to‘kib yubormang"​


Fuqarolarning jamiyat va davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish uchun asos solingan “Mening fikrim” saytida foydalanuvchilarning faolligi oshib bormoqda.


Portalda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan barcha mavzular — daraxtlarni kesish, avtomobil oynalarini qoraytirish, Namangan viloyatida piyodalar uchun ko‘prik qurish yoki Orolbo‘yi himoyasi kabilarni uchratish mumkin.

Ayni vaqtda portalda 3 ming 285 ta jamoaviy murojaatlar bo‘lib, ularga 24 ming 524 izohlar qoldirilgan. Demak, odamlar befarq emas.
Takliflarning hammasi ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida ko‘rib chiqilishi uchun 10 mingta ovoz yig‘maydi. Ammo hamma murojaatlar e’tiborga olinishi shubhasiz.

IMEI FENOMENI

Shu kunlarda “Mening fikrim” veb-portalidagi “Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida” taklif fenomenal tarzda 10 mingta ovoz yig‘di. 

Muallif fikriga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish to‘lovni esa umuman bekor qilish kerak. Uning yozishicha, hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lovlarni bartaraf etish muhim. 
Ommaviy aks-sado aniq. Avtomobil va "tonirovka" barchaga tegishli bo‘lmasa, mamlakatda telefonlar soni avtomobillarga qaraganda o‘n barobar ko‘pdir. Taklifda mobil qurilmaning xalqaro identifikatori bo‘lgan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish aytilmayapti.
IMEI kodining foyda va ahamiyati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish uchun olib borilgan tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi. Iste’molchilar IMEI raqamiga ko‘ra, "kulrang" importga qarshi kurashish va o‘g‘irlangan telefonlarni uzoqdan ​blokirovka qilish mumkin ekanligini tushunmoqdalar.


TELEFONLARNI O‘G‘IRLASh ENDI BEFOYDA

Ukraina: barcha mobil qurilmalarni majburiy IMEI ro‘yxatdan o‘tkazish 2009 yilda joriy etilgan.

Ozarbayjon: ro‘yxatga olish tizimi 2013 yil may oyida ishlay boshladi.

Qozog‘iston: IMEI-kod + SIM-karta + shaxsiy IIN sxemasi bo‘yicha qurilmalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari 2019 yilda kuchga kirgan.

Turkiya: 2006-2010 yillarda Turkiyada IMEI boshqaruv tizimi 10,5 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha soliq daromadini olib keldi. Uyali telefonlarni o‘g‘irlash holatlari deyarli 95 foiz kamaydi.

Rossiya. Soliqdan bo‘yin tortib noqonuniy yoki hisobga olinmagan holda mobil qurilmalarni olib kirish natijasida Rossiya budjetining zarari yiliga umumiy hajmi 16,6 milliard rublni (260 million dollardan ortiq) tashkil etadi.

Qo‘shnilarimiz aytganidek: “Qozog‘istonda uyali telefonlar o‘g‘irligini befoyda qildik“.

“BUNDAN KIMGA FOYDA BOR?“

“Mening fikrim” veb-portalida faqat mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish va uni bepul qilish taklif etilayotgan bo‘lsa, ro‘yxatga olishni to‘xtatishni taklif qilayotganlar ham bor.

Bunday takliflarning qaerdan chiqayotgani va bundan kimga foyda borligini bilish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Shamsutdinovning keltirgan bir nechta raqamlarga nazar tashlaymiz. Raqamlarni diqqat bilan o‘rganib chiqing.

2018 yil. Yurtimizga umumiy qiymati 1,8 million dollarga teng 13,5 mingta telefon olib kelingan.

2019 yil. O‘n oy davomida yanvardan-oktabrgacha 5,5 million dollarlik 80 mingta telefon olib kirilgan va ikki oy ichida, 2019 yil noyabr-dekabr oylarida O‘zbekistonga rasman olib kirilgan mobil telefonlar soni 17,4 million dollarga teng 460,8 ming donani tashkil etdi.
2020 yil. Bir yarim oy ichida mamlakatga umumiy qiymati 8,5 million dollariga teng 110,4 ta qurilma olib kirildi.

Raqamlarga ko‘ra, 2019 yil oxiriga kelib mamlakatda mobil qurilmalar importi keskin o‘sgani ko‘rinadi. Ammo aslida, 2018 yilda 13,5 mingta telefon emas, balki 400 mingdan 500 mingtagacha qurilmalar olib kelinmaganligiga hech kim kafolat berolmaydi.
Shu bois bozorlarimizda yuz minglab telefonlar noqonuniy ravishda sotilgan deb taxmin qilishimiz mumkin va bunday sotuvdan tushgan mablag‘lar davlat budjeti hisobini aylanib o‘tgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng, ushbu normativ hujjatda belgilangan qoidalar natijasida budjet daromadlari mobil qurilmalar importidan sezilarli darajada oshdi. 

Mana, statistika:

2018 yil — 5,1 milliard so‘m.
2019 yil, yanvar-oktabr —10,3 milliard so‘m.
2019 yil, noyabr-dekabr — 27,2 milliard so‘m.
2020 yil, birinchi yarim yillikda — 22,2 milliard so‘m mablag‘ kelib tushdi.

Bu pullar soyadan chiqdi. Adolatsiz raqobat maqsadida soliq to‘lashdan bo‘yin tortgan odamlarga bu aniq xush kelmadi. 
Mobil qurilmalarni qonuniy ravishda olib kirib sotayotganlar uchun qabul qilingan qaror adolatli raqobatda g‘olib bo‘lishga yordam bermoqda.

BU KO‘PMI YoKI OZMI?

Endi nima uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar 44,600 so‘m to‘laydilar (IMEI kodining asosiy hisobotidan 20 foiz).
Chindan ham juda ko‘pmi? 

Statistikaga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘rtacha har ikki yilda mobil telefon va smartfonlarni o‘zgartiradilar. Agar to‘lovni ikki yilga ajratsak, oyiga 1858 so‘m bo‘ladi. Telefonni har yili o‘zgartirsangiz ham, oyiga 3717 so‘m. 

OYIGA TO‘LAGAN 3717 SO‘M QAERGA KETMOQDA?


Birinchi navbatda, IMEI asosida ro‘yxatga olish tizimi uchun uskunalar va texnologiyalar uchun.
Mamlakatda, ayniqsa qishloq va chekka hududlarda, sayyohlik va dam olish joylarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish uchun.
Davlat muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun.
Shu kabi maqsadlar uchun mablag‘lardan maqsadli foydalanilish Parlament nazorat qiladi, bu esa ma’lumotlar tiniqligini ta’minlaydi.


“MAG‘ZAVA BILAN BOLANI TO‘KIB YuBORMANG“

Mobil qurilmalarning IMEI-kod ro‘yxatidan o‘tkazish mavzusi har birimizga tegishliligi faol qiziqish bilan tasdiqlangan haqiqatdir. Bir necha kun ichida uni 74 mingdan ortiq kishi tomosha qildi va 400 dan ortiq izoh qoldirdi.
Faqatgina ro‘yxatdan o‘tish qiymati, jarayonni soddalashtirish bilan bog‘liq nizolarda “mag‘zava bilan bolani to‘kib yubormaslik“, “kulrang bozor“ tarafdorlariga yutqazmaslik muhimdir.
IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uning hayotiyligi va foydaliligini isbotladi. Bu hayotimizni xavfsiz qilmoqda. Bu bizni, mamlakat fuqarolarini, budjetga qaytib kelgan milliardlab noqonuniy moliyaviy oqimlarni yopish orqali yanada boyitmoqda.


15 457
Sayyora ShOEVA, O‘zA