O‘zA O`zbek

16.04.2020 Chop etish versiyasi

Navoiylik maktab oʻquvchisi ““AntiCOVID-19” qurilmasini yaratdi

Navoiylik maktab oʻquvchisi ““AntiCOVID-19” qurilmasini yaratdi

Navoiy shahridagi 4-maktabning 10-sinf oʻquvchisi Suxrob Haydarov tomonidan yaratilgan “AntiCOVID-19 Uzbekistan” uskunasining bir nechta nusxalari sinov uchun Navoiy viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga topshirilgan.

– Meni Turkiya va Janubiy Koreyadagi doʻstlarim qoʻllab-quvvatladi, – deydi S.Haydarov. — Xususan, turkiyalik talaba Niyazik Bashimova iOS tizimi uchun dastur yozdi va Li Chan Gong va Kim Chi Xva “AntiCOVID-19 Uzbekistan” uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha maslahat berdi. Uskunaning ishlash usuli juda oson, shunchaki qurilmagan yaqinroq kelib peshonangizni tuting. Natijada masofadan oʻlchash qurilmasi sizda infeksion harorat bor yoki yoʻqligini aniqlab beradi. Qurilma ichiga inson tanasining haroratini oʻlchaydigan maxsus sensor — lazer tezligi oʻrnatilgan.

Bundan tashqari, har kim oʻz telefoniga oʻrnatishi mumkin boʻlgan iOS va Android tizimlari uchun dastur yaratildi. Qoʻshimcha dasturlar ham bir xil asosda ishlaydi. Odamlar gavjum boʻlgan joylarda qurilma COVID-19 holatlari bor yoki yoʻqligini aniqlashga yordam beradi.

19 099
Siroj ASLONOV olgan suratlar, OʻzA