O‘zA O`zbek

27.01.2020 Chop etish versiyasi

Navoiy bepul Wi-Fi shaharga aylanishi mumkin

Navoiy bepul Wi-Fi shaharga aylanishi mumkin

Startap loyihalar tanlovi g‘olibi, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi korxona rahbari Norboy Arziev navoiyliklarga katta sovg‘a taqdim etmoqda. U cheksiz va bepul Wi-Fi orqali internetga ulanish imkonini yaratmoqchi. Bu loyihani esa kichik sinov-tajriba tarzida ishga tushganini ma’lum qildi.

“300dan oshiq router uskunalari import qilingan, loyihani to‘laqonli ishga tushirish uchun barcha sharoitlar hozirlangan”, deydi korxona rahbari Norboy Arziev

Ma’lumot o‘rnida aytishimiz mumkin-ki, N. Arziev bo‘lgan.

“Ayni paytda shaharning 20ta nuqtasida loyiha sinov tarzida ishlab turibdi. Biz taklif etayotgan loyihaning afzalligi — aholiga haqiqatan bepul va cheksiz internetni taqdim etilishida. Shaharning istalgan nuqtasidan to‘lqin tarmog‘iga ulangan foydalanuvchi uzluksiz 1 Mbit/s tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi”, deydi loyiha muallifi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra loyiha bo‘yicha 1 mlrd. so‘m davlat granti ajratilgan va 2020 yilning o‘zida Butun Navoiy shahri bo‘ylab yuqori to‘lqinli 500 ta router o‘rnatilishi rejalashtirilgan. 

Ushbu loyihani joriy yilning 21 mart kuni — Navro‘z bayrami arafasida rasman ishga tushirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tezligi 4 Mbit/s bo‘lgan analog uzatmasi shahar aholisi va mehmonlari uchun pulli obuna orqali taqdim etiladi.

Shuni ham eslatib o‘tishimiz kerak-ki, bunday innovatsion g‘oya Respublikamizda birinchi bo‘lib Navoiyda amalga oshirilmoqda.

Jamolbek Salomov

24 579
O'zA