O‘zA O`zbek

11.06.2019 Chop etish versiyasi

Namanganda teletibbiyot tizimi joriy etiladi

Namanganda teletibbiyot tizimi joriy etiladi

Teletibbiyot tizimi nima? Undan qanday foydalanish mumkin? Bu tizimning afzalligi va ahamiyati haqida bilasizmi?

Namangan shahridagi 4-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi rahbari R.Izamov bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur innovatsion loyiha bemor va shifokor o‘rtasida masofadan turib muloqot o‘rnatish, kasallikka tashxis qo‘yish va davolash ishlarini olib borish, shuningdek, shifokorlar kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni internet tarmog‘i vositasida tashkil etish imkonini beradi. Teletibbiyot tizimining joriy etilishi bilan bemorlar xorijdagi klinikalarga borish uchun sarflaydigan vaqt va xarajatlar tejaladi. Ular endi shu yerning o‘zidan turib xorijiy mutaxassislarning kasalliklar tashxisi va davolash usullari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

Tadbirda tajriba tariqasida poliklinikaning o‘zidan turib Hindistonning yetakchi klinikalaridan biri bilan bog‘lanildi. Dastlabki bemorning salomatligi haqida elektron tarzda ma’lumot yuborilib, uni bezovta qilayotgan dardni davolash bo‘yicha tibbiy maslahat olindi.

Mazkur loyiha birinchilardan bo‘lib Namanganda joriy etilishi ta’kidlandi.

12 974
Akromjon SATTOROV, O‘zA