Minsk shahrida o‘tkazilgan Aloqa sohasidagi mintaqaviy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi va MDH davlatlarining ushbu tashkilot huzuridagi Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida O‘zbekistonda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron hukumat” tizimini joriy qilish bo‘yicha taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ma’lum qilishlaricha, tadbirda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov rahbarligidagi vazirlik mutaxassislari, “O‘zbektelekom” kompaniyasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillaridan iborat mamlakatimiz aloqa ma’muriyati delegatsiyasi ishtirok etgan.

Taqdimot marosimida O‘zbekistonda “elektron hukumat” tizimini joriy qilishning maqsad va vazifalari, mamlakatimiz davlat organlarini axborotlashtirish darajasi va sur’atlariga oid, xususan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini integratsiyalashtirish ishlari qanday amalga oshirilayotgani haqidagi ma’lumotlar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilingan. Bundan tashqari, barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradigan va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro axborot almashish imkonini beradigan idoralararo integratsiya platformasi ham namoyish etilgan. Bu borada tadbirkorlar, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, davlat organlari ko‘rsatadigan xizmatlar Interfaol davlat xizmatlari yagona portali orqali amalga oshirilmoqda. “Elektron hukumat” tizimidan foydalanuvchilar shaxsini aniqlash uchun Yagona identifikatsiya – id.gov.uz tizimi joriy etilgan.

Interfaol davlat xizmatlari yagona portalining (my.gov.uz) yaqin vaqtda ishga tushiriladigan yangilangan IDXYaP 2.0 ko‘rinishini taqdim etish imkoniyatlari xorijiy mutaxassislarning alohida e’tiborini tortdi. Mazkur tizim foydalanuvchilar talabidan kelib chiqqan holda, u yoki bu ko‘rinishdagi xizmat turlarini olish imkonini beradi. Ayni paytda Yagona portalga 300 dan ortiq davlat xizmatlarini taqdim etadigan 600 dan ziyod davlat muassasa va tashkilotlari ulangan. Tizim foydalanuvchi shaxsiy kabinetida uning yoshi, oilaviy va ijtimoiy sharoitidan kelib chiqqan holda (kommunal xo‘jaligi, avtotransport, bolalar, ta’lim, ijtimoiy himoya, fuqarolik va onlayn-ariza) xizmatlarni taklif etadi. Tadbirkor shaxsiy kabinetida yuridik shaxsning rekvizitlari, kommunal xo‘jalik, soliq solish, statistika hisobotini taqdim etish, avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlarda axborot bloklari paydo bo‘ladi. Mazkur bloklar axborot kompleks tizimlari va markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtiriladi.

Masalan, tizimning soliqqa oid blogi “Soliq”, “Litsenziya”, “Kliring” axborot tizimlariga integratsiyalashtiriladi va u orqali tadbirkorlar ortiqcha to‘langan soliqlar va ularni onlayn-qaytarish, soliq tekshiruvlariga oid dolzarb ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, real vaqt rejimida hisobot topshirish hamda nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Taqdimot marosimida xalqaro mutaxassislar O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish samaradorligiga yuksak baho berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Minsk shahrida O‘zbekistonda joriy qilingan “elektron hukumat” tizimining taqdimoti o‘tkazildi