O‘zA O`zbek

07.06.2019 Chop etish versiyasi

MTS va Huawei Rossiyada 5G tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bitim imzoladi

MTS va Huawei Rossiyada 5G tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bitim imzoladi

Moskva. 2019 yil, 5 iyun: OAJ “MTS” (NYSE: MBT, MOEX: MTSS), Rossiyaning yirik telekommunikatsiya operatori va raqamli xizmatlar provayderi hamda AKT-yechimlar yetkazib berish bo‘yicha jahondagi peshqadam ta’minotchi hisoblangan Huawei kompaniyasi Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan xalqaro iqtisodiy forum arafasida 5G texnologiyalarini rivojlantirish va 2019-2020 yillarda Rossiyada beshinchi avlod tarmoqlarini sinov tarzida ishga tushirish borasida kelishuv imzoladi.

Mazkur bitimni imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim hukumatlararo darajada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si szinpin ishtirokida Kremlda bo‘lib o‘tdi. OAJ “MTS” prezidenti Aleksey Kornya va Huawei boshqaruvining amaldagi raisi Go Pin o‘zaro imzolangan bitimlarni almashdi.

Kelishuv doirasida kompaniyalar MTSning amaldagi infratuzilmasida 5G va IoT texnologiyalari hamda yechimlarini tatbiq etish, operatorning tijoriy LTE tarmog‘ini “5G-ready” darajasigacha ko‘tarish, turli foydalanish ssenariylari uchun sinov hududlari va 5G tajriba tarmog‘ini, shu jumladan, infratuzilmali ob’ektlarda ham ishga tushirishni ko‘zda tutadigan 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqishdi.

“Uzoq yillik o‘zaro manfaatli munosabatlar tufayli MTS va Huawei o‘z sohalari bo‘yicha bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqdalar. Bugun 5G texnologiyasini rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash orqali bizning hamkorligimiz yangi darajaga chiqdi – biz juda yaqin kelajakda Rossiyada 5G tarmoqlarining tijoriy qo‘llanilishiga poydevor yaratgan holda, nafaqat yuqori texnologiyalar yo‘nalishida ikkala kompaniyaning strategik hamkorligiga turtki beryapmiz, balki Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning istiqboldagi taraqqiyotiga ham hissa qo‘shmoqdamiz”, - deb ta’kidladi MTS prezidenti Aleksey Kornya.

“Biz MTS bilan, ayniqsa, 5G taraqqiyoti kabi strategik jihatdan muhim sohada yangi bitimni imzolashdan juda mamnunmiz. Marosimda Rossiya va Xitoy Prezidentlarining qatnashganligi texnologik sohada Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Huawei beshinchi avlod tarmoqlarini rivojlantirish borasida ulkan tajribaga ega bo‘lib, bu texnologiyaga eltuvchi poygada peshqadamlik qilmoqda. Kompaniya 5G sohasiga tegishli 16 000 dan ortiq patentlarga egalik qiladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda. Bizning birgalikdagi harakatlarimiz Rossiyada 5G davrini yaqinlashtirishiga umid qilamiz”, - dedi Go Pin, Huawei boshqaruvining amaldagi raisi.

Imzolangan kelishuv doirasida, jumladan, kompaniyalar hamkorlikda bajaradigan quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:

chastota spektrlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar;
yuqori foydalanish tezligi va tarmoq sig‘imiga ega gigabaytli LTE hududlarini ishga tushirish;
nihoyatda past kechikish bilan ishlaydigan LTE-Evolution tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish;
qayd qilingan simsiz foydalanish uchun 5G-tarmoqlarni ishga tushirish;
MTS kompaniyasining tijoriy tarmog‘ida 5G NR texnologiyasini yo‘lga qo‘yish;
5G biznes yechimlarini (Robot ARM) rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik;
Sanoat, “aqlli shahar”, UJX, qishloq xo‘jaligi uchun IoT yechimlarini joriy etish;
5G tarmog‘i segmentini hamkorlikda tayyorlash (spektrni taqsimlash hisobi bilan);
5G texnologiyasidan foydalanish ssenariylarini amalga tatbiq etish (shu jumladan, aqlli shahar, aqlli ishlab chiqarish, pilotsiz transport);
Murakkab infratuzilmali ob’ektlarda (tezkor poezdlar, metropoliten, ko‘p qavatli turar-joy majmualari va boshqalar) 5G-yechimlariga ega sinov hududlarini yaratish.
Ma’lumot uchun qayd etish joizki, shu yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev Huaweining Pekin shahridagi tadqiqotlar markaziga qilgan tashrifi chog‘ida, 5G texnologiyalari va yechimlari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda samarali ishlar olib borishga ko‘rsatmalar bergan edi.

11 726
O‘zA