O‘zA O`zbek

22.03.2019 Chop etish versiyasi

Mirzaobodda Raqamli texnologiyalar markazi ochildi

Mirzaobodda Raqamli texnologiyalar markazi ochildi

Bugun “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo viloyati filiali Mirzaobod tumani telekommunikatsiya bogʻlamasi maʼmuriy binosida Raqamli texnologiyalar markazi oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Joriy yil 19 mart kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosiga asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyatining barcha shahar va tumanlarida bu kabi markazlar tashkil qilish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

1I7A1035.JPG

Mirzaobod tumanida ochilgan yangi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ushbu topshiriqlar ijrosidir. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan markazning tantanali ochilishida davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari vakillari, soha mutaxassislari qatnashdi.

Unda mamlakatimiz yoshlariga eʼtiborni kuchaytirish, ularni axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar amaliy ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

1I7A1120.JPG

Zamonaviy kompyuterlar va zarur jihozlar bilan taʼminlangan dargohda yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etiladi. Uch yosh toifasi boʻyicha, yaʼni 9-15, 16-19 va 20-25 yoshdagi taʼlim oluvchilar bu yerda bosqichma-bosqich taʼlim oladi.

Shuningdek, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini oʻrgatish, turli oʻyinlar boʻyicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy oʻyinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar oʻtkazish ham koʻzda tutilgan.

1I7A1129.JPG

6 925
Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA