Andijon davlat tibbiyot instituti olimlarining “Intensiv issiqxonalarni biogaz va issiqlik nasoslari yordamida isitish va lazer nuri bilan faollashtirilgan urug‘lar yordamida hosildorlikni oshirish” loyihasi fermer xo‘jaliklari rahbarlari va tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Ushbu texnologiya issiqxonalarni issiqlik bilan ta’minlash barobarida, urug‘ning erta unib chiqishi va rivojlanishini tezlashtiradi, hosildorlikni 20 foizgacha oshiradi, – deydi Andijon davlat tibbiyot instituti biofizika laboratoriyasi mudiri, yosh tadqiqotchi Dilmurod Jo‘rayev. – Energiya sarfini tejaydi, mahsulot tannarxi arzon bo‘lishini ta’minlaydi.

Andijonda o‘tkazilgan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida yosh olimlar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda boshqa idoralar tasarrufidagi institut, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalarining 250 dan ziyod innovatsion g‘oya, texnologiya va ishlanmasi namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, viloyat hokimligi hamkorligida X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan tadbirda fan-texnika yutuqlari, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

– An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan yarmarka innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqaruvchilar va ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda, – deydi Andijon davlat universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, hududiy taqdimot tashkiliy qo‘mitasi a’zosi Baxtiyor Rasulov. – Bu barcha sohalarda ishlab chiqarishga ilmiy yondashish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish orqali yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi. Bugungi yarmarkada qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, serhosil va ertapishar yangi navlar, o‘simlik va ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish vositalari, chorvachilik, bog‘dorchilikda hosildorlik va samaradorlikni ta’minlovchi, mashinasozlik, energiyatejamkor g‘oya, ishlanma va texnologiyalar salmoqli o‘rin egalladi.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi viloyat bo‘limi, Andijon qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, tibbiyot institutlari, O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon tajriba stansiyasi olimlari tomonidan namoyish etilgan loyiha, ilmiy ishlanma va texnologiyalar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Taqdimot doirasida yosh olimlar uchun o‘tkazilgan seminar-treningda viloyatda yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot olib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, ilmiy-eksperimental fermer xo‘jaliklari tomonidan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, tajribadan o‘tkazish borasida ijobiy natijalarga erishilayotgani qayd etildi. Bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashildi, tadbirkor va fermerlarga shartnomalar tuzish, yangi texnologiyalarni xarid qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yarmarkada yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalarni sotish va xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli loyihalar namoyishi