O‘zA O`zbek

12.07.2019 Chop etish versiyasi

INNOVATSIYa: bir kun emas, o‘n daqiqa kifoya!

INNOVATSIYa: bir kun emas, o‘n daqiqa kifoya!

Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalar Bo‘ka tumani “Yoqutxon” fermer xo‘jaligi paxta maydonida namoyish etildi.

Ko‘sak qurtiga qarshi trixogramma tarqatishning ikki xil ko‘rinishdagi uskunasi yaratilgan ekan. 

Biri g‘o‘za chopiq traktorlari orqasiga tirkaladigan, trixogrammani avtomatik tarqatish uskunasi bo‘lib, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish bilan birga, trixogramma entomofagini tarqatib ketadi. 

photo5278737544244210372.jpg

U trixogrammani tarqatish me’yorlarini boshqarish va sovitish moslamalari bilan jihozlangan. Yana bir uskuna trixogrammani dronlar yordamida tarqatish imkoniga ega.

Amaliyotda trixogramma qo‘lda tarqatilganda bitta xodim kun davomida bir gektarning 400 nuqtasiga, eng ko‘pi 4-5 ga maydonga tarqatishi mumkin. Bunda esa o‘z muddatida, sifatli kurash imkoniyati mavjud emas. Dronlar orqali esa bir gektarga 9-10 minutda bu yumush bajariladi.

Ayni vaqtda ushbu uskunalar fermer xo‘jalik rahbarlari va mutaxassislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

15 153
O‘zA