Buxoroda o‘tkazilgan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridagi 35 oliy o‘quv yurti, turli ilmiy-tadqiqot institutlaridan 200 ga yaqin ishlanma namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hayotga keng tatbiq etish, fan va ishlab chiqarish hamkorligini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Yarmarkada namoyish etilgan energiya tejamkor texnologiyalar, innovatsion ishlanma va loyihalar sanoat korxonalari vakillari, tadbirkor va fermerlar e’tiborini tortdi.

Bugungi kunda olimlar dehqonchilik mahsulotlari, jumladan, issiqxonada pomidor, bodring yetishtirishda muhim ahamiyatga ega issiqlik energiyasi olishning muqobil manbalaridan foydalanish bo‘yicha turli innovatsion ishlanmalarni taklif etmoqda.

– Biz, bir guruh olimlar qator yillar chorva va parranda go‘ngidan biogaz olish qurilmasini takomillashtirish ustida izlandik, – deydi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti Furqat Ashurov. – Sa’y-harakatlarimiz kutilgan samarani berdi. Texnologiyamiz fermer xo‘jaliklarini qiziqtirib qo‘ydi. Olingan biogaz issiqxonani yetarli harorat bilan ta’minlashda tabiiy gaz o‘rnini bosadi. Bu yetishtiriladigan bodring va pomidor tannarxini pasaytirishda muhim omil hisoblanadi. Go‘ngni qayta ishlashda hosil bo‘lgan massa esa biogumus sifatida tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Bugun yarmarkada to‘rt fermer xo‘jaligi bilan qariyb 150 million so‘mlik shartnoma tuzdik.

Yarmarkada namoyish etilgan texnologiya, ishlanma va loyihalarni ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etish yuzasidan ko‘plab shartnomalar imzolandi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or loyihalar ishlab chiqarishga