Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida “ICTWEEK Uzbekistan 2017” haftaligi doirasida “ICT FORUM 2017” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 20-21-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma markazida “ICTWEEK Uzbekistan 2017” haftaligi doirasida “ICT FORUM 2017” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tadi. Unda axborot texnologiyalari bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy mutaxassislar sohani yanada rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlarga bag‘ishlangan ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.

2015-yildan buyon O‘zbekistonda AKT haftaligi doirasida “ICT FORUM” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumi o‘tkazib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad mazkur sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos ekspert maydonchasini tashkil etishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ma’lum qilishlaricha, yangi formatdagi “ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi tarmoqqa doir barcha tadbirlarni o‘zida mujassam etgan. Yagona konsepsiya barcha voqealarni yanada samarali tashkil qilish barobarida, ishtirokchilar va tadbirga tanishish maqsadida keladiganlar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi. Joriy yilda forum ishtirokchilari an’anaga ko‘ra, blok anjumanlari, seksiya yig‘ilishlari, mahorat darslari va bahs-munozaralar shaklida muloqot qiladi.

Forumning dasturiy qo‘mitasi tarkibiga axborot texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyalar vakillari, soha mutaxassislari va xorijdan ma’ruzachilar taklif etilgan. Dasturiy qo‘mita zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning turli jihatlarini ochib beradigan dolzarb va qiziqarli ma’ruzalarni saralab oladi. Forum dasturidan AKTni nafaqat yoshlar, balki katta yoshlilar o‘rtasida ommalashtirishga yo‘naltirilgan interfaol tadbirlar o‘rin olgan.

Ayni paytda “ICT FORUM 2017” forumida o‘z ma’ruzalarini taqdim etish istagida bo‘lgan ishtirokchilardan arizalar qabul qilinmoqda. Ma’ruzachilarga elektron hukumat, axborot xavfsizligi, moliyaviy sohada raqamli transformatsiya, infratuzilma singari mavzularni yoritish taklif etilmoqda.

“Elektron hukumat” tizimi faoliyatiga oid ma’ruzalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, idoralararo elektron hamkorlik tizimi, AKT orqali aholi bilan muloqot kabi mavzularga e’tibor qaratiladi. Ma’ruzachilar moliyaviy sohada raqamli tranformatsiyani muhokama qilish jarayonida onlayn-banking va ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘lovlar tizimi, banklar uchun “bulutli” yechimlar kabi mavzularni yoritadi. Shuningdek, forumda infratuzilma va axborot tizimlarini himoya qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash va internet texnologiyalari sohasida istiqbolli yechim va texnologiyalarning nozik jihatlarini ochib beradigan ma’ruzalar taqdim etiladi.

Forum zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish va mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori texnologiyali tarmoqlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«ICT FORUM 2017» forumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda