O‘zA O`zbek

20.12.2019 Chop etish versiyasi

Huawei Londonda 5G-innovatsiyalar markazini ochdi

Huawei Londonda 5G-innovatsiyalar markazini ochdi

Huawei Londonda 5G-innovatsiyalar namoyish qiluvchi markazini ochdi. Bu tadbirkorlar va innovatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek 5G-ekotizimining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi.

Huawei kompaniyasining 5G-innovatsiyalar markazi 5-texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va tajriba almashish uchun platformaga aylanadi. Uning vazifasi Buyuk Britaniyada 5G sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yangi aloqa standartini ushbu mamlakatda hamda butun dunyoda qo‘llashning amaliy foydasini namoyish etishdan iboratdir.

Mehmonlarga real vaqtda qiziqarli interfaol o‘yinlarni o‘ynash, virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda sevimli guruh bilan chiqish qilish, shuningdek 5G-texnologiyalar ochib beradigan cheksiz imkoniyatlar, jumladan, raqamli ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or texnologiyalar haqida ma’lumot olish imkoniyati taqdim etiladi.

«Londonda 5G-innovatsiyalar namoyish markazining ochilishi 5G-texnologiyalar sohasidagi yetakchi sifatida biz uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi. Buning yordamida biz britaniyalik tadbirkorlar va muhandislar o‘rtasida haqiqiy hamkorlikni ta’minlaymiz. Biz 5G standartini ham xususiy, ham tijorat sohasida qo‘llashning ulkan salohiyatini yaqqol namoyish qilmoqdamiz», dedi Buyuk Britaniyadagi Huawei kompaniyasining bosh direktori Jerri Van.

Huawei hisobotiga ko‘ra, 2019 yilning uchinchi choragida kompaniya jahonning yetakchi aloqa operatorlari, shu jumladan Buyuk Britaniyaning barcha yirik operatorlari bilan 5G yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha 60 dan ortiq tijoriy shartnomalarni imzoladi.

Buyurtmachilar va sheriklar bilan hamkorlik qilish orqali Huawei trillionlab AQSh dollari miqdoridagi aylanmaga teng ko‘plab sohalardagi raqamli transformatsiyani tezlashtirmoqda. Birinchi navbatda, bu sohalar qatoriga kommunal xizmatlar, moliya sektori, transport va elektr energetikasi kiradi.

Markaz ochilishida Huawei 5G-texnologiyalarning salohiyati haqidagi davra suhbatini jonli efirda uzatadi. Huawei 5G-innovatsiyalar namoyish markazi Yevropaning eng yirik kovorking markazlaridan biri hisoblanadigan "Cocoon Global"da joylashgan.

Markaz eng ko‘zga ko‘ringan startaplar uchun uchrashuv joyi hisoblanadi va texnologiya sohasida madaniyatlararo g‘oyalar almashinuviga xizmat qiladi.

14 352
O‘zA