O‘zA O`zbek

27.05.2019 16:07 Chop etish versiyasi

"Huawei"asoschisi Xitoyning “Apple"ga nisbatan javob choralariga qarshi chiqadi

"Huawei"asoschisi Xitoyning “Apple"ga nisbatan javob choralariga qarshi chiqadi


“Huawei Technologies" asoschisi Jen Chjenfey Pekin Amerikaning "Apple" korporatsiyasi mahsulotlariga qarshi cheklov qo‘yishini kutmayapti, bu haqda u "Bloomberg Television"ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deyiladi www.vestifinance.ru xabarida. 

Xabarda keltirilishicha, "Huawei" asoschisi , u shu kabi javob chorasiga qarshi chiqishini bildirgan. “Birinchidan, bu sodir bo‘lmaydi. Ikkinchidan, yuz bergudek bo‘lsa ham, unga birinchilardan bo‘lib qarshi chiqaman” ,degan Jen Chjenfey. 

Jen Chjenfeyning ta’kidlashicha, "Apple uning ustozi. “Men shogird bo‘la turib. O‘z ustozimga qarshi borgan bo‘larmidim? Hech qachon” deya qo‘shimcha qilgan u. 

OAV ma’lulomtlariga ko‘ra, o‘tgan haftada “Goldman Sachs” tahlilchisi Rod Xoll mijozlar qaydnomasida "Apple" mahsulotlari Xitoyda taqiqlangudek bo‘lsa, kompaniya daromadlari 29 foizga tushib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan. II moliyaviy kvartalda Apple mahsulotlari sotuvining 17 foizdan ziyodroq hissasi Xitoy biznesiga to‘g‘ri kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Amerika va Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyati ta’sirida AQSh savdo vazirligi Huawei va unga bog‘liq yuridik shaxslarni “qora ro‘yxat”ga kiritishga qaror qilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng xitoylik internet foydalanuvchilari AQShning ushbu chorasiga javob tariqasida “Apple" mahsulotlariga qarshi boykot e’lon qilish chaqirig‘i bilan chiqqan. Xususan, “Weibo" ijtimoiy tarmog‘ida "iPhone" va “Huawei" smartfonlari solishtirilgan va unda milliy mahsulot afzalliklari ko‘rsatilgan keng ko‘lamli aksiya boshlanib ketadi. 


O‘zA
3 301