O‘zA O`zbek

11.10.2018 Chop etish versiyasi

Endi Oʻzbekistonning istalgan shahriga qoʻngʻiroqlar narxi daqiqasiga 12 soʻm

“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi rasmiy saytida shaharlararo aloqa uchun yagona tarif tizimi yoʻlga qoʻyilganligi eʼlon qilinadi.

Ushbu xabarda maʼlum qilinishicha, “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik jamiyatining barcha mahalliy telefon aloqasi abonentlari shaharlararo qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish uchun qayd etilgan yagona tarifdan foydalanadi. Ilgari shaharlararo qoʻngʻiroqlar narxi ulanayotgan shaharlar oraligʻidagi masofadan kelib chiqib daqiqasiga 40 soʻmdan 90 soʻmgacha edi, endi ularning qiymati Oʻzbekiston boʻylab daqiqasiga 12 soʻmni tashkil etadi.



16 929
Roman Bondarchuk, OʻzA