Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.11.2017 11:24 Chop etish versiyasi

Endi elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Ushbu elektron xizmat yordamida foydalanuvchi onlayn ravishda hisoblagichni o‘rnatish, almashtirish, tamg‘alatish yoki o‘chirtirish maqsadida mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza beradi. Fuqaro ariza yozilayotganda elektr ta’minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini ko‘rsatadi. Xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o‘z shaxsiy kabinetida ko‘chmas mulk haqidagi maxsus formani to‘ldirishi lozim. Unda ko‘chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko‘rsatiladi.

Bu interaktiv xizmat elektr ta’minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.


1 516






Все о погоде - Pogoda.uz