O‘zA O`zbek

16.05.2019 Chop etish versiyasi

Cho‘ntak EKG moslamasi ixtiro qilindi

Cho‘ntak EKG moslamasi ixtiro qilindi

AQShning Oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) kichik hajmdagi cho‘ntak elektrokardiogramma (EKG) moslamasining amaliyotga tatbiqini tasdiqladi.

"AliveCor" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan moslama hajmi smartfonlardan uch barobar kichik bo‘lib, yurak faoliyatiga oid olti yo‘nalishdagi ma’lumotni aniqlash imkonini beradi.

"KardiaMobile 6L" deb nomlangan ushbu moslama ko‘rinishidan televizor boshqaruv pultni eslatadi. Moslamaga uchta elektrod bilan jihozlangan bo‘lib, ularni to‘piq va tizzalarga o‘rnatish bilan yurak faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamlaydi.

Ma’lumot aniqlagandan so‘ng, moslamani Bluetooth orqali smartfonga ulash bilan EKG natijalarini smartfonga o‘tkazish mumkin. 
Taxminiy qiymati 150 AQSh dollar deb baholanayotgan moslama joriy yilning yoz oylarida sotuvga chiqarilishi reja qilinmoqda. 

1 337
Z.Mirzaboeva, O‘zA