O‘zA O`zbek

28.11.2018 Chop etish versiyasi

Chexiya Oʻzbekiston bilan nanomaterial ishlab chiqarishda hamkorlik qilishi mumkin

Bugun Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston – Chexiya biznes forumi va kooperatsion birjasida Chexiyaning energiya tejamkor texnologiyalari konsorsiumi – CZET raisi Zdenek Zbitek mamlakatimiz ishbilarmon doiralarini energetika sohasi boʻyicha hamkorlik qilishga chaqirdi.

Zdenek Zbitekning qayd etishicha, CZET konsorsiumiga kiruvchi oʻnlab kompaniyalar Yevropada yetakchi hisoblanib, ular bugʻ-gaz, koʻmir issiqlik energiyasi stansiyalari, gidroelektr stansiyalar, bioyonilgʻida ishlovchi elektr stansiyalar uskunalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi.

Shuningdek Zdenek Zbitek, havo, suvni filtrlash xususiyatiga ega nanomaterial namunasini ham forum ishtirokchilariga havola etib, Chexiya tomoni ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi uskunalarni Oʻzbekistonga oʻz hisobidan yetkazib berishi va hamkorlikda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkinligini ham maʼlum qildi.



14 746
Malohat Husanova, OʻzA