O‘zA O`zbek

18.06.2019 10:38 Chop etish versiyasi

CES–2019: eng so‘nggi gadjetlar namoyishi

CES–2019: eng so‘nggi gadjetlar namoyishi

Aan’anaviy tarzda har yili AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan CES – Xalqaro elektr mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida insoniyat turmush tarzini yengillashtirishga va unga zamonaviylik ruhini baxsh etishga xizmat qiladigan axborot texnologiya sohasining eng so‘nggi namunalari namoyish etiladi. 

Quyida ushbu ko‘rgazmaning joriy yildagi taqdimoti – CES-2019 doirasida taqdim etilgan yangi tur gadjetlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Bukiluvchi smartfonlar

photo5208415997462162016.jpg

CES - 2019 ko‘rgazmasi doirasida Royole kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan FlexPai bukiluvchan smartfoni ushbu tur gadjetlarining birinchi namunalaridan hisoblandi. Foydalanuvchiga qator qulaylik va imkoniyatlar taqdim etuvchi ushbu turdagi smartfonlarning yangi turlari yaqin kunlarda Samsung, Lenovo va LG kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilishi kutilmoqda. 

Uchuvchisiz aerotaksi

photo5208415997462162017.jpg

Ko‘rgazmada Bell kompaniyasi tomonidan namoyish etilgan uchuvchisiz aerotaksilar qulayligi jihatidan yilning eng muhim yangiliklaridan hisoblandi. Harakatlanishi atrof-muhitga ziyon keltirmaydigan uchuvchisiz samolyotlar parvozi uchun joriy yilning oxirlariga borib dunyoning ko‘plab davlatlarida ruxsatnomalar taqdim etilishi kutilmoqda.

Vakuumli poezdlar

photo5208415997462162018.jpg

Hyperloop vakuumli poezd texnoligiyasi uchun investitsiya jalb etgan ishbilarmonlardan biri Richard Brensonning qayd etishicha, ushbu tur tezyurar poezdining harakatlanishini yo‘lga qo‘yilishi transport tizimidagi ko‘plab muammolarni bartaf etishlishiga zamin yaratadi. Harakatalanish tezligining eng yuqori darajasi bilan ta’minlangan poezd eng uzoq masofalardagi manzillarni bir necha o‘n daqiqalar ichida birlashtirishi bilan insonlarga qulaylik yaratadi. 

Z.MIRZABOEVA tayyorladi, O‘zA
4 697