O‘zA O`zbek

12.01.2018 20:45 Chop etish versiyasi

Bank xodimlari uchun axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi

Toshkentdagi «Softline Education» o‘quv markazida «Laboratoriya Kasperskogo» xalqaro kompaniyasining bank xodimlari uchun «KL302.10 (k) Endpoint Security and Management» kengaytirilgan kursi bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlandi.

O‘quv kursi tizim ma’murlari va axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitishga mo‘ljallangan. Tinglovchilar tajribali o‘qituvchilar va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari rahbarligida taqsimlangan tarmoqlar va katta tashkilotlarda antivirus himoyasining zamonaviy, kompleks tizimlarini joriy etish, trafikni boshqarish, ma’murlash tizimini yangilashga doir bilimlarni o‘zlashtiradi.

Ular shuningdek, «Windows uchun KL Certified System Engineer: Kaspersky Endpoint Security 10» sertifikatini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarga tayyorlanmoqda.

Roman Bondarchuk, O‘zA
14 732