O‘zA O`zbek

16.05.2020 Chop etish versiyasi

Argentinada COVID-19ni ikki soatda aniqlab beradigan test yaratildi

Argentinada COVID-19ni ikki soatda aniqlab beradigan test yaratildi

Ushbu ixtironing taqdimoti mamlakat prezidenti Alberto Fernandes ishtirokida boʻlib oʻtdi.

“Xursandchiligimning bir nechta sababi bor: birinchidan buni Argentina olimlari yaratishdi, ikkinchidan, bu bizga pandemiya bilan yangicha usulda kurash olib borish imkonini beradi, uchinchidan, apparat kim virusga chalingan, kim chalinmaganini qisqa vaqtda aniqlaydi“, dedi prezident.

NEOKIT-COVID-19 testi murakkab texnikalardan iborat emas. Dastlabki 10 mingta test yaqin oʻn kunda tayyorlanadi. Keyinroq esa haftasiga 100 mingta test ishlab chiqariladi.

29 295
OʻzA