O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun “koronavirusli“ yangilanish eʼlon qildi

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun “koronavirusli“ yangilanish eʼlon qildi

U koronavirus sharoitida bir qator funksiyalarning ishini yengillashtirishi lozim, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.

Operatsion tizimning ushbu iOS 13.5 versiyasini yuklab olish mumkin.

Face ID chehrani aniqlash texnologiyasi hozircha egasi niqob taqsa uni “tanib olishni” oʻrgana olgani yoʻq. Koʻp mamlakatlarda esa odamlarga niqob taqib yurish majburiy qilib qoʻyilgan. Biroq barmoq bloklangan ekranda yuqoriga qaratib harakatga keltirilsa, shu zahotiyoq parol kiritish ekrani paydo boʻladi. Avvallari ushbu ekranni uzoq vaqt kutishga toʻgʻri kelardi.

Bundan tashqari, operatsion tizimga ilovalardan foydalanish texnologiyasi ham qoʻshilgan. Bu foydalanuvchining koronavirus bor joyda uni yuqtirish ehtimolini koʻrsatadi.

Kompaniya shuningdek, bir nechta suhbatdoshlar uchun FaceTime videochatini ham takomillashtirganini maʼlum qildi.

6 272
OʻzA