O‘zA O`zbek

02.05.2020 Chop etish versiyasi

Apple Face ID skanerini niqob taqqan chehrani tanishga oʻrgatmoqda

Apple Face ID skanerini niqob taqqan chehrani tanishga oʻrgatmoqda

Apple kompaniyasi muhandislari tibbiyot niqoblari keng tarqalgani sababli inson chehrasini tanishda smartfonlarda foydalanilayotgan Face ID skaneri parametrlariga oʻzgartishlar kiritmoqchi, deb xabar beradi CNN.

Face ID skaneri qurilmani zudlik bilan blokdan yechadi, iTunes Store, App Store va iBooks Store ilovalari orqali xaridlar qiladi. Biroq ushbu tizim niqob taqish keng tarqalgan hozirgi sharoitda ishlamay qolyapti.

Endi iOS operatsion tizimining yangi versiyasida Face ID skaneri foydalanuvchi niqobda ekanini tezda aniqlaydi, shundan keyin qurilma avtomatik tarzda boshqa rejimga oʻtadi, yaʼni u qulfini yechish uchun qoʻllaniladigan anʼanaviy porol terish usuliga oʻtadi.

13 560
OʻzA