O‘zA O`zbek

14.06.2019 Chop etish versiyasi

AKT sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

AKT sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Xitoyning ZTE telekommunikatsiya korporatsiyasining yetakchi vitse-prezidenti Van Siang bilan uchrashdi.

Shuhrat Sodiqov Xitoy yetakchi texnologik kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaqin hamkorlik hamda yurtimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit samarasi ekanini qayd etdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda qattiq va mobil keng polosali internet tarmogʻidan foydalanish tarmoqlarini kengaytirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Telekommunikatsiya tarmogʻida kadrlarni tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Van Siang kompaniya Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini yuritishga tayyor ekanini bildirdi.

Ushbu hamkorlik zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi.

12 155
Roman BONDARCHUK, OʻzA