O‘zA O`zbek

26.09.2019 Chop etish versiyasi

AKT haftaligi doirasida xayriya aksiyasi tashkil etildi

AKT haftaligi doirasida xayriya aksiyasi tashkil etildi

Farg‘ona viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida “Axborot texnologiyalari — bolalar uchun” xayriya aksiyasi tashkil etildi. 

“Ictweek Uzbekistan 2019” haftaligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Farg‘ona tumanidagi 28- hamda 9-umumta’lim maktablariga 10 tadan 20 dona zamonaviy kompyuterlar va printerlar taqdim etildi.

Shuningdek, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Ictweek Uzbekistan – 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida ko‘rgazma ish boshladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni keng jamoatchilikka namoyish etish va ularni muhokamalardan o‘tkazishdir.

2 049
M.SULAYMONOV, Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA