O‘zA O`zbek

Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi

24.09.08 20:58

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan har yilgi “ICTEexpo-2008“ xalqaro axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida eng yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim sharti ekani qayd etildi.

Axborotlashtirish jarayonida milliy matbuot

24.09.08 18:25

Poytaxtimizda boshlangan an’anaviy InfoCom-2008 – Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha oltinchi milliy sammit o‘z ishini boshladi

23.09.08 21:08

Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha oltinchi milliy sammit o‘z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Gollandiya, Rossiya, Litva, Qirg‘iziston, AQSH va boshqa davlatlardan AKT-bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy IT-kompaniyalar rahbarlari hamda mutaxassislari – jami 400 nafarga yaqin delegat ishtirok etmoqda.

“Sarkor Telekom” abonentlari 10 mingtaga yetdi

22.09.08 20:51

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi kunlari Internetdan keng miqyosda foydalanish bozoridagi peshqadamlardan biri “Sarkor Telecom” kompaniyasi xonadonlardagi ADSL-abonentlari soni 10 mingtadan oshganini e’lon qildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi

22.09.08 20:44

Mamlakatimizda an’anaviy InfoCom-2008 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi. Haftalik dasturidan mazkur sohani takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘rin olgan. Mutaxassislar va ko‘p sonli zamonaviy axborot resurslaridan foydalanuvchilar ushbu forumlarda o‘zlari uchun qiziqarli va foydali yangiliklar bilan tanishishi mumkin.

Axborot texnologiyalari – bolalarga

22.09.08 20:18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish ustuvor vazifa hisoblanadi.

WiMax texnologiyasi rivojlanmoqda

17.09.08 14:34

Bugungi kunda dunyoda telekommunikatsiya xizmatlari sohasida eng ilg‘or hisoblangan WiMax texnologiyasining mamlakatimizda joriy etilishi ushbu sohani O‘zbekistonda rivojlantirish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Doppix – milliy operatsiya tizimi

10.09.08 11:32

Doppix milliy operatsiya tizimining distributivini yaratish va sinovdan o‘tkazish nihoyasiga yetdi. Bu boradagi ishlar 2007 yilning martida boshlangan edi. 2008 yil may oyida Doppix milliy operatsiya tizimi distributivining beta-shakli tayyorlanib, u “BestSoft-2008” ko‘rgazmasida “Yilning eng yaxshi dasturiy mahsuloti” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi chorlaydi

05.09.08 14:17

Mamlakatimizda 22-28 sentabr kunlari an’anaviy Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Poytaxtimizda boshlanadigan ushbu tadbir bu borada erishilgan natijalarni to‘liq baholash, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi yangi yutuqlarni keng omma e’tiboriga havola etish, kelgusidagi rejalarni belgilash imkonini beradi.

AKT – olimlarga ko‘makdosh

20.08.08 18:56

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi hamda Rossiya davlat kutubxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha mamlakatimiz olimlariga tadqiqotlar o‘tkazish samaradorligini oshirish, rossiyalik hamkasblari bilan axborot almashinuvini kengaytirishga ko‘maklashadi.

AKT: kompyuter huquqlari

20.08.08 15:54

Kompyuterni bilish darajasini aniqlash tizimini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan “UzCDL – milliy kompyuter huquqlari” loyihasi nihoyasiga yetmoqda. Ushbu loyihaga ko‘ra, endi har bir kishi axborot texnologiyalari sohasida standart bilim darajasiga egaligi haqida sertifikat olishi mumkin.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – davr talabi

12.08.08 11:54

Qarshi shahrida davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir mahalliy hokimiyat organlari vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.

AKT sohasidagi siyosatning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan milliy seminar

01.07.08 20:49

Toshkent shahrida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi siyosatning huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan milliy seminar ochildi. U BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT siyosati” loyihasi hamkorligida tashkil etildi.

Geymerlar Farg‘ona shahrida bellashdi

25.06.08 15:01

Farg‘ona shahrida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionatining mintaqaviy saralash bosqichi yakunlandi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “InfoCOM.UZ” jurnali hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 400 nafar yosh geymer belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi va dasturchilarning birinchi “BestSoft – Uzbekistan-2008” Milliy forumi

15.05.08 21:45

“O‘zekspomarkaz”da an’anaviy Milliy dasturiy mahsulotlar ko‘rgazmasi va dasturchilarning birinchi BestSoft – Uzbekistan-2008” Milliy forumi ochildi. Tadbirlar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi hamda BMT Rivojlanish dasturining “AKT siyosati” (ICTP) loyihasi tomonidan tashkil etildi.

Elektron hujjat aylanishi – amalda

23.04.08 18:34

Poytaxtimizda “Elektron hujjat aylanishi infratuzilmasi va xizmatlarini rivojlantirish hamda elektron raqamli imzoni qo‘llashga doir dolzarb muammolar” mavzuida uchinchi xalqaro konferensiya boshlandi. Tadbir O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Axborot texnologiyalari bo‘yicha federal agentlik (Rossiya) mutaxassislari va ekspertlari ishtirokida tashkil etildi.


Yangiliklar :