| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Jamiyatni axborotlashtirish – zamon talabiO'zA, Viktor Nikolayev, 10.09.2009 20:57 Mamlakatimizda 22-25 sentyabr kunlari “InfoCom-2009” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo’lib o’tadi. U har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib, mazkur tarmoqni takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi va axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi mutaxassislarida ham, ko’p sonli foydalanuvchilarda ham qiziqish uyg’otadi. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligidan O’zA muxbiriga xabar berishlaricha, AKT haftaligi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “AKT siyosati” loyihasi asosida BMT rivojlanish dasturi va O’zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohada, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tarmog’ida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborot makonini shakllantirish masalalari davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g‘risida”gi farmonida o’z aksini topgan va shu asosda 2002-2010 yillarda Kompyuterlashtirish va AKT rivojlantirish Dasturi ishlab chiqilib izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatlarda yaqin istiqbolda mamlakatimizda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotining yo’llari aniq belgilangan bo’lib, bu milliy axborot makonini shakllantirishda jiddiy va izchil qadamlar qo’yishga xizmat qiladi. An’anaviy haftalik Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga doir Milliy sammit bilan ochiladi. Sammit ishtirokchilari O’zbekistonda AKT taraqqiyoti muammolari va istiqbollari, axborot texnologiyalarini davlat boshqaruviga joriy etish borasidagi muammo va muvaffaqiyatlar, elektron ta’lim va foydalanish infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijorat istiqbollarini muhokama etadilar. AKT anjumani har yili nafaqat mahalliy mutaxassislar, balki uzoq-yaqin xorijiy davlatlar xalqaro ekspertlarida ham katta qiziqish uyg’otmoqda. Ushbu tadbir doirasida umumiy dolzarb masalalar bilan birga alohida yo’nalishlarga doir muammolarni ham batafsil muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Tartibga solish siyosatidagi yo’nalishlar va asosiy o’zgarishlar, IT-texnologiyalar taraqqiyoti milliy dasturlarini amalga oshirishdagi yutuq va muammolar, turli sohalarda AKTni joriy etish tajribasi, infratuzilmani shakllantirish masalalari ko’rib chiqiladi. Axborot xavfsizligi, axborot-kutubxona markazlari, ZiyoNET tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Toshkent va Nukus shaharlarida bir vaqtning o’zida “ICTExpo-2009” axborot texnologiyalari milliy ko’rgazmasi o’tkaziladi. Ko’rgazmani bir vaqtning o’zida ikki shaharda o’tkazish g’oyasi axborot texnologiyalarining hududlarga qay darajada kirib borayotganini namoyon etish bilan bog’liq. Shu kunlarda videoko’prik tashkil etiladi, ishtirokchilarning har ikki ko’rgazma ekspozitsiyalari bilan tanishishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Ko’rgazmada ishtirok etuvchi kompaniyalar ishtirokchilarga axborot texnologiyalari sohasidagi ishlanmalar, o’ziga xos xizmatlar va yechimlarning keng ko’lamini taqdim etadi. Mamlakatimiz kompaniyalari bilan bir qatorda, ko’rgazmada Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Janubiy Koreya, Vengriya va boshqa davlatlar vakillari ham qatnashadilar. Ko’rgazma dasturi keng ko’lamli va rang-barang bo’lib, uning doirasida turli o’quv seminarlari, davra suhbatlari va ko’ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. AKT haftaligi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash muammolari” mavzuida xalqaro anjuman o’tkaziladi. “Axborot-kutubxona resurslarini shakllantirishning ilg’or usul va vositalari” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy seminari ham diqqatga molik tadbirlardan biri bo’ladi. “Yilning eng na’munali axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari mutaxassisi (kutubxonachisi)” tanlovining mamlakat bosqichi bo’lib o’tadi. AKT haftaligi davomida boshqa tadbirlar ham o’tkaziladi. “InfoCOM-2009” mamlakatimizda sohaning yanada taraqqiy etishi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |