Русский | English | Français | Deutsch | العربية Saytning oldingi versiyasi

Texnologiyalar RSS

Veb-saytlarning istiqbollari

O‘zA, B.Aytmurodov, 18.07.2009 08:43

Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar aholini barcha turdagi axborot bilan ta’minlash hamda huquqiy madaniyatini oshirishda yuksak samaralar bermoqda.

Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shular haqida so‘z bordi. Unda vazirlik mas’ul xodimlari, hududiy adliya boshqarmalari va tizimga kiruvchi muassasalarning axborot va kompyuterlashtirish bo‘yicha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari S.Xolboyev Prezidentimiz Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Ushbu hujjatda mamlakatimizda davlat idoralari, tashkilot va muassasalarning rasmiy veb-saytlarini yaratish va faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hududiy adliya boshqarmalari va vazirlik tizimiga kiruvchi muassasalarda rasmiy veb-saytlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Adliya vazirligi, Respublika Sud departamenti, X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi hamda Andijon, Buxoro, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmalari o‘zining veb-saytiga ega. Ularda fuqarolar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan axborot almashish yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Veb-saytlarning sahifalarida vazirlik va boshqarmalar tomonidan sud-huquq sohasini erkinlashtirish, fuqaro, tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar batafsil o‘rin olgan.

Anjumanda veb-saytlarni takomillashtirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik borasida fikr yuritildi.

So‘nggi yangiliklar:

Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar

Ob-havo ma’lumoti

Iqtidorli sportchilar bellashuvi

Inson manfaatlari doim ustuvor

Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

Reklama