O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

5G texnologiyasi bilan masofadan turib jarrohlik amaliyoti o‘tkazish mumkin bo‘ladi

5G texnologiyasi bilan masofadan turib jarrohlik amaliyoti o‘tkazish mumkin bo‘ladi

2020 yildan 5G (beshinchi avlod tarmoq) insonlar hayotiga keng ko‘lamda kirib kelishi kutilmoqda, bu hodisa ko‘plab yangiliklarga sabab bo‘lishi, sanoatga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deyiladi “www.vestifinance.ru”da e’lon qilingan maqolada. 

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forumda “Nokia” kompaniyasi stendida yangi avlod aloqasining imkoniyatlari namoyish etilgan bo‘lib, ular jarrohlik amaliyotini masofadan turib o‘tkazishga yordam berishi ham mumkin. 

Masalan, jarroh 5G ko‘magida Germaniyadan turib Rossiyadagi bemorni operatsiya qilishi kerak. Buning uchun jarroh tomoniga asboblarni boshqarish imkoniyatga ega maxsus uskuna o‘rnatiladi. Asosiysi, 5G deyarli uzilishlarsiz ishlaydi. Boshqacha aytganda, jarrohlik amaliyoti onlayn o‘tkaziladi va shifokor qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zini jarrohlik xonasida his qiladi. 

1 646
O‘zA