| Русский | English | Français | Deutsch | العربية | Saytning oldingi versiyasi |
![]() |
| Siyosat | Iqtisodiyot | Jamiyat | Texnologiyalar | Madaniyat | Sport | Hujjatlar | Xorij xabarlari | Ob-havo | Valyutalar |
Yangi internet-nashrO‘zA, V.Nikolayev, 18.12.2009 18:10 Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur hujjat asosida 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. “CIB GROUP” kompaniyasi mamlakatimiz va xorijda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishini yanada keng yoritish maqsadida internet tarmog‘ida yangi loyiha – «CIB.UZ» axborot-tahlil internet-nashrini joriy qildi. Ushbu nashrni www.cib.uz manzili bo‘yicha topish mumkin. G‘gCIB GROUP” kompaniyasi 2009 yilda tashkil etilgan bo‘lib, axborot-tijorat xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan. U nashriyot va matbaa, internet-loyihalar sohasida tahlil qilish, maslahat berish, ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish, transport xizmatlari kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “UNICON.UZ” markazi va BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonni rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari siyosatini shakllantirish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga ko‘maklashish” loyihasi yordamida tashkil qilingan mazkur yangi nashrning vazifasi barcha manfaatdor shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dolzarb axborot resurslaridan keng foydalanish imkonini yaratishdan iborat. Ushbu internet-nashrda taqdim etilayotgan materiallarda iqtisodiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilayotgan barcha jabhalari qamrab olinadi. Nashrni tarqatish geografiyasi faqat O‘zbekiston bilan cheklanmaydi. Axborot va tahliliy materiallarni tayyorlashga tegishli tarmoqlarning tajribali mutaxassislari jalb etiladi. So‘nggi yangiliklar: Shaxmatchimiz sovrinli o‘ringa da’vogar Iqtidorli sportchilar bellashuvi |
Reklama |
| © O‘zA. Sayt materiallaridan foydalanganda manba ko‘rsatilishi shart.
O‘zA haqida | Mahsulotlar va xizmatlar | Obuna | Bog‘lanish Axborotdan foydalanish shartlari | Saytda reklama joylashtirish |