Zamonaviy sport maktabi
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 814 o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 814 o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.2016-yilda yangi bunyod etilgan ushbu zamonaviy majmua mustahkam moddiy-texnik bazaga ega. Bu yerda yoshlar malakali murabbiylar ko‘magida futbol, mini futbol, voleybol, basketbol, dzyudo, boks, yengil atletika, taekvondo (WTF), stol tennisi, kikboksing, shaxmat sporti bo‘yicha mahorat sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda.