Futbol bo’yicha Italiya chempionat A seriyasida 24-tur uchrashuvlari boshlandi. Turning dastlabki uchrashuvi “Fiorentina” va “Yuventus” o’rtasida o’tdi.

Florensiya shahridagi “Artemio Franki” stadionida o’tgan ushbu bahsda “Yuventus” jamoasi safarda 2:0 hisobida g’alaba qozonib, musobaqa jadvalida 62 ochko bilan birinchi o’ringa ko’tarilib oldi.

O’yinning 18-daqiqasida hakam “Yuventus” darvozasi tomon penalti belgiladi. Bunga sabab Jorjo Kyellini yon tomondan jarima maydoniga uzatilgan to’pni qo’li bilan o’ynagani bo’ldi. Biroq, hakam ushbu vaziyatga oydinlik kirgizish uchun videotakrordan foydalandi. Unda Kyellini qo’li bilan to’pni qaytarishidan oldin mezbon futbolchilari o’yindan tashqari holatda ekanligi ko’rindi. Shu tariqa penalti bekor qilindi.

Uchrashuvda turinliklarga g’alaba keltirgan gollarga 56-daqiqada Federiko Bernardeski va 86-daqiqada Gonsalo Iguain mualliflik qildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yuventus” safarda muhim g’alabaga erishdi