O‘zA O`zbek

20.07.2020 Chop etish versiyasi

Yozgi Olimpiada oʻrniga yozgi festival start oladi

Yozgi Olimpiada oʻrniga yozgi festival start oladi

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ), Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (XPQ) va Umumjahon Olimpiya sherigi Airbnb besh kunlik yozgi festival oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatining xabariga koʻra, Festivalda jahonning eng yaxshi sportchilari tomonidan tashkil etiladigan 100 ta Olimpiya va Paralimpiya onlayn uchrashuvi oʻtkaziladi. “Olympic and Paralympian Online Experiences” deb nomlangan mazkur festival shu yili Tokioda tashkillashtirilishi lozim boʻlgan Olimpiya oʻyinlarining boshlanish sanasi – 24-iyulda start oladi.

Festival dasturida besh kun davomida bir necha mintaqa soatlarida turli interfaol onlayn uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Sport yulduzlari mazkur onlayn uchrashuvlarda ishtirok etishni “Airbnb”da 22-iyuldan buyurtma qilib qoʻyishi mumkin. Tomoshabinlar tanlangan onlayn uchrashuvlarni bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri yoki takroriy tartibida “Airbnb”ning “YouTube”dagi Olimpiya va Paralimpiya kanallarida kuzatishlari mumkin.

Festival sport ihlosmandlariga 20 dan ortiq mamlakat va mintaqa sportchilari bilan misli koʻrilmagan global muloqot qilish imkonini beradi.

9 023
OʻzA