Jizzax shahrida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining “Barkamol avlod – 2017” respublika sport musobaqalari boshlandi.

Ilk bor Jizzaxda, so‘ngra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” yoshlar sport o‘yinlari ruhi va nafasi bugun yana Jizzax zaminida hukmron.

“Barkamol avlod” nafaqat sport bayrami, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini tarannum etuvchi, ularni yagona maqsad sari ruhlantiruvchi beqiyos kuchga aylanib bormoqda.

Mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli tizim – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari ulg‘ayib kelayotgan navqiron avlod ongiga sog‘lom turmush tarzini bolalikdan boshlab chuqur singdirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

46 (1).JPG

Jizzax shahri kamalakning barcha ranglarini o‘zida mujassam etgan betimsol qiyofa kasb etdi. Bu minglab chiroqlar yog‘dusida aks etgan maftunkor manzara mamlakatimizning barcha sohalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, hayotimizning yanada sermazmun bo‘lib borayotganining o‘ziga xos ramziga aylandi.

Nurlarga burkangan shaharning “So‘g‘diyona” stadioniga eltadigan Sharof Rashidov shohko‘chasi, Alisher Navoiy ko‘chasi bu bayramona manzaraning markazini ajib tarzda birlashtirib, go‘zallik bag‘rida go‘zallik yaratgan. Boisi shu ikkala ko‘cha o‘rtasida joylashgan “So‘g‘diyona” stadionida katta sport bayrami – “Barkamol avlod – 2017” final musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o‘tadi.

“Barkamol avlod – 2017” jizzaxliklar uchun alohida ahamiyatli voqeadir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan va yoshlarimizning sevimli sport anjumaniga aylangan uch bosqichli sport musobaqalarining o‘rta bo‘g‘ini – “Barkamol avlod” birinchi musobaqasi Jizzaxda boshlanganini jizzaxliklar hamon iliq taassurotlar bilan eslaydi.

Oradan yillar o‘tib, ushbu yirik nufuzli tadbir – yoshlik, barkamollik, nafosat va birdamlik bayrami – “Barkamol avlod – 2017” musobaqalariga mezbonlik qilayotgan Jizzax yanada chiroy ochdi. 

43.JPG

“Barkamol avlod – 2017” musobaqalarining ochilish marosimi o‘tayotgan zamonaviy sport majmuasi keyingi uch yilda barpo etildi. Uning tarkibida o‘n ming tomoshabin o‘rinli “So‘g‘diyona” stadioni, yengil atletika, suzish va gimnastika zallari, matbuot anjumanlarini o‘tkazish uchun konferens zal va boshqa qulayliklar mujassam etilgan.

...Nihoyat, orziqib kutilgan daqiqalar keldi. Sport ixlosmandlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan to‘lgan stadion uzra “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining chorlov sadolari yangraydi.

Maydonga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar, Toshkent shahri terma jamoalari kirib keladi.

Jizzax viloyati hokimi U.Uzoqov akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarini ochiq, deb e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari ishtirokchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

Davlatimiz bayrog‘i ko‘tariladi.

“Barkamol avlod” sport o‘yinlari bayrog‘i hilpiraydi.

“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari ishtirokchilari bo‘lajak bellashuvlarda halol va murosasiz kurashishga tantanali qasamyod qiladi.

...Stadionga Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining quyosh o‘chog‘idan alanga oldirilgan “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining mash’alasini ko‘targan yigit va qiz kirib keladi.

“Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlari olovini boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev va dzyudo bo‘yicha Osiyo chempioni Iroda Abdurahmonova yoqadi.

Tomoshabinlarning hayajonli xitoblari, gulduros olqishlari bilan kutib olingan ushbu alanga yoshlarimizning qaynoq qalbi, yoniq orzu-intilishlari ramzi sifatida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining “Barkamol avlod – 2017” musobaqalari davomida porlab turadi.

Mutaxassislar va keng jamoatchilik tomonidan “Kichik Olimpiada”, deb ta’riflangan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi musobaqalari Olimpiya o‘yinlari qoida va talablari asosida o‘tkaziladi. E’tiborlisi, “Barkamol avlod” sport musobaqalari birinchi marta Jizzax viloyatida sportning 8 turi bo‘yicha (basketbol, voleybol, futbol, yengil atletika, milliy kurash, belbog‘li kurash, tennis va suzish) tashkil etilgandi. Bu yilgi musobaqalarda sportning o‘n yetti – basketbol, voleybol, futbol, qo‘l to‘pi, og‘ir atletika, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks, suzish, taekvondo, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, badminton va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Ushbu musobaqa mamlakatimizda yoshlarni xalqimiz orzu qilgan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda erishayotgan yutuqlarimiz namoyishidir. Bugun musobaqada ishtirok etayotganlar o‘z sohalari bo‘yicha puxta bilim olgan, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirgan, xorijiy tillarni yaxshi biladigan, bilimli, yuksak ma’naviyatli va ayni paytda jismonan sog‘lom yoshlar vakillaridir. Bunday marralarga erishishda davlatimiz tomonidan bolalar sportini rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan katta g‘amho‘rlik muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tiborning amaldagi samaralari – yoshlarimizning jahon va qit’a miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bugun Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchilar orasida uch bosqichli sport tizimidan yetishib chiqqan yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Mazkur uch bosqichli noyob sport tizimi mutaxassislar tomonidan yangi pedagogik texnologiya sifatida e’tirof etilib, bugun ko‘plab davlatlar uni katta qiziqish bilan o‘rganayotir.

“Barkamol avlod” sport musobaqalari yettinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Musobaqaning mamlakat bosqichida tuman, shahar, viloyat miqyosidagi bellashuvlarda o‘z iqtidori va qobiliyatini namoyon etgan eng sara sportchilar qatnashmoqda. “Barkamol avlod” bellashuvlarida qayd etilayotgan natijalar, ko‘rsatkichlar, rekordlar yildan-yilga o‘sib borayotgani yoshlarimizning sportdagi salohiyati yuksalayotganidan dalolatdir. Ahamiyatli jihati, musobaqalar O‘zbekiston yoshlarining do‘stlik va birdamligi ramziga, nafosat va go‘zallik bayramiga aylanib bormoqda.

Ushbu musobaqalarga mezbonlik qilayotgan Jizzax viloyatida sportni rivojlantirish, ayniqsa, bolalar sportining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilganidan buyon o‘tgan davrda viloyatda o‘nlab sport inshootlari, jumladan, bolalar musiqa va san’at maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarida viloyat ahli bir tanu bir jon bo‘lib qatnashdi, desak, mubolag‘a bo‘lmas. Bunday jipslikni, uyushqoqlikni bugun viloyatda qad rostlagan ko‘plab sport inshootlari, qayta rekonstruksiya qilingan binolar, obod xiyobon va ko‘chalar namoyish qilib turibdi.

Prezidentimizning Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, Jizzax shahrini bosh reja asosida qayta qurishga berayotgan e’tibori tufayli “So‘g‘diyona” stadioni jahon andozalari darajasida yangidan qurilib, bir necha sport turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan sport zalini o‘z ichiga olgan sport majmuasi barpo etildi. Viloyat markazidagi “Yoshlar shaharchasi”, “Istiqlol” bolalar bog‘i, “O‘rda” yoshlar ekologik bog‘ida ham katta hajmda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

“Barkamol avlod” musobaqalari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha inshootlar, ishtirokchilar joylashtiriladigan mehmonxona, yotoqxona hamda boshqa ijtimoiy-maishiy obyektlar zamonaviy andozalarda ta’mirlanib, jihozlandi. Jumladan, Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, Jizzax politexnika instituti, shu institut qoshidagi 1-son akademik litseyi sport zallarida, bir qator kollejlarning turar joylari va sport zallari, inshootlarida keng ko‘lamdagi ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

“Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining final bosqichi qatnashchilari uchun qiziqarli va ko‘ngilochar tadbirlarga boy madaniy dastur tayyorlandi. Unda taniqli sportchilar, yozuvchi va shoirlar, san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, diqqatga sazovor joylarga sayohatlar, turli konsertlar, badiiy film va sahna asarlari namoyishlari, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishtirish singari tadbirlar ko‘zda tutilgan.

...Maydonga musiqa sadolari ostida rang-barang liboslardagi sportchilar, taniqli estrada xonandalari kirib keladi. Ular ijro etgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslarda O‘zbekiston yoshlariga xos intilish, g‘ayrat-shijoat, jo‘shqinlik va nafosat namoyon bo‘ladi. Mamlakatimizning iste’dodli yosh avlodi vakillari yorqin teatrlashtirilgan tomosha namoyish etadi.

“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

“Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov ishtirok etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlik va nafosat bayrami, mahorat va kamolot ko‘rigi