Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2017 11:43 Chop etish versiyasi

Yosh tennischilarimiz xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Eronda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida yosh tennischilarimiz Odil Karimov va Iskandar Karimov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Nufuzli turnirning hal qiluvchi final bahsida O.Karimov va I.Karimov mezbon tennischilar Sayyid Mehrshod va Muhammad Mirzoiyga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda raqiblaridan har taraflama ustunlik qilgan Odil va Iskandar 6:3, 4:6, 10:6 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 008






Все о погоде - Pogoda.uz